Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
O’z vaqtidalilik (ayni paytlilik)
Download 339.5 Kb.
|
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istiqbolni belgilashning imkoniyati.
- Т eskari aloqa
- 3. Ishonchlilik
- Haqqoniylik
O’z vaqtidalilik (ayni paytlilik). Buxgalteriya axboroti qaror qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan ichki va tashqi foydalanuvchilarga o’z vaqtida et-kazilishi talab etiladi. Masalan, firma bankdan kredit mablag’lari olishi uchun 15 yanvar kuni bank tashkilotiga firma hisoboti taqdim etilishi kerak. Agar buxgalter moliyaviy hisobotni shu kunga tayyorlab ulgursa, firma kredit oluvchi sub’ektlar jumlasiga kiritilish imkoniyati bo’ladi. Agar hisobot 1 oydan keyin tayyor bo’lsa, bu hisobot kredit olish nuqtai nazaridan ahamiyatli emasligi aniqdir.
Istiqbolni belgilashning imkoniyati. Moliyaviy axborotlar tashqi foy-dalanuvchilar uchun, ularning oldingi belgilangan istiqbolni hozirgi natijalari bilan solishtirib, kelgusi istiqbolni to’g’ri belgilash qobiliyatini yaxshilash maqsadlari uchun foydali bo’lishi kerak. Istiqbol qilishda uncha muhim bo’lmagan yoki umuman muhim bo’lmagan moliyaviy axborotidan foydalanish, qaror qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan shaxslarni oddiy faraz qilishidan boshqa narsa emas, deb hisoblash mumkin. Тeskari aloqa. Buxgalteriya axboroti xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini aks ettirib, aynan ana shu moliyaviy ma’lumotlar firmalar, korxonalarga nisbatan u yoki bu qaror qabul qilinishiga asos bo’lib xizmat qiladilar va natijada ularning kelgusidagi faoliyatini belgilab beradilar. Axborot qanchalik etarli, qanchalik tushunarli, to’g’ri va o’z vaqtida topshirilsa, uning xo’jalik faoliyatiga ta’siri shunchalik ijobiy bo’lishini buxgalter unutmasligi kerak. 3. Ishonchlilik. Moliyaviy axborotlarning ishonchliligi, eng avvalo, uning xatolar va noaniqliklardan xolisligini bildiradi. U axborotning asosiy ma’nosini to’g’ri ochib berishi kerak. Qaror qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan tashqi foydalanuvchilar, ular iqtisodiy istiqbol qilish va natijalarni tasdiqlashda tayanadigan axborot noto’g’ri yo’naltirish yoki aldash niyatidan xoli bo’lgan malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlanganligiga ishongan bo’lishlari kerak. Axborotning ishonchliligi uch mezonga mosligiga qarab tekshiriladi: haqqoniylik (to’g’ri aks ettirish); tekshirish imkoniyatining mavjudligi; xolislik (betaraflilik). Haqqoniylik ba’zida to’g’ri aks ettirish, ishonchlilik deb ham yuritiladi. Buxgalteriya axborotining bu xususiyati uni o’quvchi shaxslarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning to’liq matni va sonlariga tatbiq etiladi. U moliyaviy axborotni mavjud holati va sharoitlarni to’g’ri aks ettirayotganligini bildiradi. Buxgalteriya axboroti muomalalarning umumiy tavsifini so’z va sonlar yordamida beribgina qolmay, balki operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini ham aks ettirishi kerak. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling