Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Download 339.5 Kb.
bet8/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

Majburiyatlar - bu xo’jalik sub’ektining o’tgan muomalalar va hodisalarni amalga oshirish natijasidagi majburiyatlari bo’lib, ularni hisob-kitob qilish aktivlarning topshirilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa kelgusi iqtisodiy foydaning kamayishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu ta’rifda quyidagilarni ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • xo’jalik sub’ektining o’tgan muomalalar va hodisalarni amalga oshirish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari

  • ularni, ya’ni majburiyatlarni hisob-kitob kilish:

      • aktivlarning topshirilishi yoki ishlatilishi

      • xizmatlarning ko’rsatilishi

      • boshqa kelgusi iqtisodiy foydaning kamayishiga olib kelishi mumkin.

Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z xo’jalik faoliyatini amalga oshirish davomida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yoki jismoniy shaxslardan qarzdor bo’lib qolsa, bu uning majburiyatlari hisoblanadi. Majburiyatlarni yuzaga keltiruvchi muomala yoki hodisalarga pulini keyinroq to’lash sharti bilan tovar harid qilish, boshqa tashkilotning xizmatidan foydalanish kabilar misol bo’la oladi. Ana shu voqea-hodisalarning bo’lib o’tganligini isbotlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan bo’lsagina (masalan, shartnoma va yuk xati, xizmat ko’rsatil-ganligi haqida hisobvaraq, dalolatnoma va boshqalar), ular natijasida yuzaga kel-gan qarzlar majburiyatlar sifatida buxgalteriyada hisobga olinadi.

  • majburiyatlarni hisob-kitob qilish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

  1. aktivlarning topshirilishi yoki ishlatilishi orqali. Masalan,xaridor biron bir ХYuS tovarlari uchun oldindan pul o’tkazib qo’ydi, deb faraz qilaylik. Buning natijasida ХYuS uchunxaridor oldida majburiyat yuzaga keldi va bu majburiyat bo’yicha hisob-kitob qilish uchun uxaridorga tovarlarni etkazib berishi, ya’ni aktivlarni topshirishi kerak. Yoki boshqa bir misolni ko’raylik: ХYuS kassasiga uskuna ijarasi uchun ijarachi pul topshirdi. Buning natijasida ХYuSning ijarachi oldida majburiyati paydo bo’ldi, uni hisob-kitob qilish uchun esa ХYuS (firma yoki tashkilot) o’z uskunasini ijarachiga ishlatish uchun berib turishi kerak.

  2. xizmatlarning ko’rsatilishi - agar ХYuS hisob raqamiga uning xizmat ko’rsatishini so’rab, biron shaxs tomonidan oldindan pul o’tkazilgan bo’lsa, ХYuS uchun xizmat ko’rsatish majburiyati paydo bo’ladi. Demak, bunday hollarda majburiyatni bajarish uchun pul o’tkazgan shaxsga xizmat ko’rsatilishi kerak.

  3. boshqa kelgusi iqtisodiy foydaning kamayishiga olib kelishi mumkin. ХYuS faoliyati davomida ba’zan shunday majburiyatlar paydo bo’ladiki, ular bo’yicha hisob-kitob qilish nafaqat aktivlarning berilishi, balki kelgusidagi foydaning ham kamayishiga olib keladi. Masalan, bankdan olingan kredit bo’yicha bank tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun avvalo kreditning o’zini to’lash, qolaversa, korxona foydasi hisobidan kredit bo’yicha foizlar ham to’lanishi talab etiladi.


Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling