Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Download 339.5 Kb.
bet11/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

Zararlar - bu asosiy faoliyat va barcha boshqa operatsiyalar, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalining kamayishi bo’lib, xarajatlar yoki xususiy kapitalining taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.
Ushbu ta’rifning mohiyatini yoritish uchun yuqoridagi misolga biroz boshqacharoq yondashamiz. Faraz qilaylik, Fayzievning tovarlari xaridorgir bo’l-maganligi sababli, u tovarlarni, naqd pulga erishish maqsadida, 210000 co’mga sota oldi, xolos. Ko’rib turganimizdek, u 10000 co’m zarar ko’rdi. Тadbirkor Fay-zievning foyda ko’rish maqsadida firmaga topshirgan mablag’lari, ya’ni kapitali, hozirgi holatda ko’payish o’rniga, aksincha, kamaydi:
Aktiv Passiv

Bino - 500000 Хususiy kapital - 710000


Naqd pul - 210000
JAMI - 710000 JAMI - 710000

Shunday qilib, zarar kapitalning kamayishi demakdir.


Kontseptual asoslarning to’rtinchi tarkibiy qismi - bu moliyaviy ma’lu-motlarni e’tirof etish va o’lchash mezonlaridir.


4. E’tirof etish va baholash mezonlari




E’tirof etish – bu moddaning moliyaviy hisobotga kiritilishi jarayo-nidir. E’tirof etilgan moddaga nom va miqdoriy o’lcham beriladi. E’tirof etish barcha kompaniyalardagi moliyaviy hisobotlarning barcha elementlariga taalluqli bo’ladi. Buxgalteriya hisobidagi hisoblash usulining kontseptual asosi, e’tirof etish mezoni bilan ta’minlanadi: buxgalteriya hisobidagi hisoblash usuli, to’lov naqd pul yoki chek orqali amalga oshirilganidan qat’iy nazar muomala va hodi-salarning sodir bo’lish vaqtida ko’rsatadigan ta’sirini e’tirof etadi.
Elementni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish uchun u quyidagi mezonlarga mos kelishi kerak:

  • elementni miqdoriy o’lchovga ega bo’lishi va ular qiymatini asoslangan ravishda baholash mumkinligi;

  • iqtisodiy manfaat keltirish yoki uni chikib ketishi extimolligini mavjudligi.

Moliyaviy hisobot elementini e’tirof etish, bir qarashda juda katta mu-ammoli masalaga o’xshamaydi. Lekin bozor iqtisodiyoti turli xil noaniqliklarga, yangidan yangi holatlarga tez-tez duch kelish mumkin bo’lgan tizimdir. Bunday sharoitda moliyaviy hisobot elementlarini, hattoki, aktivlar deb nomlanmish moddalarga tegishli axborotlarni e’tirof etish ham muammoga aylanishi mumkin. Masalan, xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi Qodirov o’z firmasiga boshqa bir xususiy tadbirkor Sobirovdan olingan 2 yil xizmat qilgan (xizmat qilish muddati 5 yil) “Тiko” avtomobilini sotib oldi. Faraz qilaylik, Qodirov ul-gurji savdo faoliyati bilan shug’ullanadi. Qodirov firmasining hisobida avto-mobilni yoki asosiy vosita, yoki tovar-moddiy zahira deb tan olish ehtimollari mavjud. Bu avtomobilning nima maqsadda sotib olinishiga bog’liq. Agar av-tomobil qayta sotish uchun harid qilingan bo’lsa, uni tovar-moddiy zahira deb, agar asosiy faoliyat yoki ma’muriy maqsadlarda ishlatish uchun sotib olingan bo’lsa asosiy vosita deb tan olish kerak. U yoki bu moddaga olib borish keyinchalik mulk solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i kabi masalalar bilan bog’liq bo’ladi. Masalaning yana bir tomoni, avtomobilning qiymati bilan bog’liqdir. Agar “Тiko” avto-mobilining bozor qiymati ushbu muomala ro’y bergan sanada 1280 ming co’m bo’lsa-yu, xarid qilinayotgan avtomobil narxi 2000 ming co’m deb xabar berilsa, lekin oldi-sotdi shartnomasi hamda yuk xati taqdim etilmasa, buxgalter ushbu avto-mobilni firma balansiga olishida noaniqliklar kelib chiqadi, chunki avtomobil narxini belgilashda maqbul asos (tegishli hujjatlar) yo’q hamda uning qiymati oqilona baholanmagan. Shartnomaning, dastlabki hujjatlarning mavjudligi va hatto oqilona baholash ham kelgusida avtomobildan foydalanish imkoniyatining kafolatidir. Shunday qilib, modda o’lchanish, kelgusida daromad keltirish ehtimoliga bo’lsagina uni moliyaviy axborot sifatida tan olish mumkin ekan.
O’lchash yoki hisoblash mezonlari to’rtta miqdor ko’rsatkichlarga asoslangan, hamda faraz kilinadiki, tegishli ravishda hisobga olingan moddalar o’zlarining tushunarliligi, ahamiyatliligi va ishonchliligi hamda solishtirish imkonining mavjudligi bilan farqlanadilar

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling