Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
) daromadlar - iqtisodiy resurslarning ko’payishidir
Download 339.5 Kb.
|
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv Passiv
1) daromadlar - iqtisodiy resurslarning ko’payishidir:
iqtisodiy resurslarning ko’payishi aktivlarning kelib tushishi orqali ro’y beradi. Haqiqatan, agar tannarxi 40000 co’m bo’lgan tovar 50000 co’mga sotilsa, aktivlarning, aniqrog’i pul mablag’larining ko’payishi ro’y beradi. Agar ana shu tovar nasiyaga sotilsa, 40000 co’mlik tovar moddasining o’rniga 50000 co’mlik debitorlik qarzi aks ettiriladigan modda paydo bo’ladi. majburiyatlarning kamayishi orqali daromadlar tan olinishi mumkin. Masalan, 2003 yil 15 sentyabrdaxaridor tovar uchun oldindan 350000 co’mlik to’lovni 100% amalga oshirgan, deb faraz qilaylik. O’sha kuni tushgan pulni daromad deb tan olinmaydi, chunki hali tovar jo’natilgani yo’q, ya’ni daro-mad ishlab topilgani yo’q. Тovar etkazib beruvchi bu tashkilotda yoki xo’ja-lik yurituvchi sub’ektda majburiyat paydo bo’ldi. 2003 yil 15 oktyabrda tovar ushbuxaridorga yuklab jo’natildi va tovar etkazib beruvchi ХYuS majbu-riyati kamaydi, ana shu muomaladan keyingina tushgan pulni daromad deb tan olinishi mumkin, chunki endi u ishlab topildi. 2) daromadlar oldingi xo’jalik voqea-hodisalari natijasi bo’lishi kerak. Masalan, sotish natijasida daromadni tan olish uchun sotish muoamalasi bo’lgan-ligi haqidagi yozma guvohnoma, ya’ni hujjat kerak bo’ladi. Mahsulot jo’natish ha-qidagi yuk xati shunday hujjat bo’lib xizmat qilishi mumkin. Хarajatlar - bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko’paytirish maqsadidaxo’jalik faoliyatidan kelib chikadigan majburiyatlarni o’z zimmasiga olish orqali ro’y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir. Хarajatlar tushunchasining quyidagi jixatlariga e’tiborni qaratish lozim: 1) iqtisodiy resurslarning kamayishi; 2) foydani ko’paytirish maqsadida resurslarning kamayishi; 3) iqtisodiy resurslarning kamayishi 2 xil ro’y beradi: aktivlarning kamayishi; majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi orqali. Endi ana shu uch jihatdan xarajatlar kontseptsiyasiga izoh beramiz. Avval-ambor iqtisodiy resurslarining kamayishiga misol keltiramiz. 2 xil holatni ko’rib chiqamiz. 1-holat: faraz qilaylik, kassada 5000 co’m pul kamomadi aniq-landi. Bu holatda iqtisodiy resursning kamayishi foydani ko’paytirish maqsa-dida ro’y bermayapti, shu sababli bu chiqim xarajat emas, balki zarar deb tan oli-nishi mumkin. 2-holatda, ombordan 27000 co’mlik materialning ishlab chiqarish tsexiga mahsulot ishlab chiqarish uchun berilishini ko’raylik. Aktiv, ya’ni iq-tisodiy resurs - material sarfi kelajakda foyda olish maqsadida amalga oshi-rilmoqda. Materialning kamayishi ishlab chiqarish xarajatidir. Shunday qilib, iqtisodiy resurslarning foydani ko’paytirish maqsadida kamayishi xarajat deb tan olinishini aniqlab oldik. Endi ana shu kamayishning, yuqorida aytganimizdek, 2 xil ro’y berishiga e’tiborni qaratamiz: aktivlarning kamayishiga materiallar sarflanishi, pul berilishi va h.k. misol bo’la oladi; ba’zi hollarda esa majburiyatlar paydo bo’lishi orqali iqtisodiy resurslarning kamayishi ro’y beradi. Masalan, ishchilarga ma’lum bir summaga ish haqi hisoblanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishchilar oldida ish haqi bo’yicha majburiyati paydo bo’ladi va ana shuso’mmaga ishlab chiqarish harajatlari ko’payadi. Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan badallar bundan mustasnodir. Bu ta’rifni tushuntirish maqsadida quyidagi misolni ko’rib chiqishni lozim topdik; Faraz qilaylik, 2004 yil 1 oktyabrda tadbirkor Fayziev Muhammadjon firma ochish maqsadida o’z mablag’lari evaziga bino (qiymati 500000 co’m) va sotish uchun tovarlar (qiymati 220000) harid qilib oldi. Uning dastlabki buxgalteriya balansi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Aktiv Passiv Bino - 500000 Хususiy kapital - 720000 Тovarlar - 220000 JAMI - 720000 JAMI - 720000 Fayziev 2004 yilning 15 oktyabrga qadar mavjud tovarlarini 245000 co’m naqd pulga sotishga muvaffaq bo’ldi. Demak, u 25000 co’m foydaga erishdi. Bu holat balansda quyidagicha aks ettiriladi: Aktiv Passiv Bino - 500000 Хususiy kapital - 720000 Naqd pul - 245000 Foyda - 25000 JAMI - 745000 JAMI - 745000 Shunday qilib, foyda kapitalning o’sishi demakdir. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling