Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
Moliyaviy hisobotning elementlari
Download 339.5 Kb.
|
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari
3. Moliyaviy hisobotning elementlariElementlar - bu moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan moddalarni birlashtiruvchi guruhlardir yoki moliyaviy hisobotlarga kiritilishi lozim bo’lgan moddalarning guruhlaridir. Moliyaviy hisobotning kontseptual asoslariga binoan 7 ta moliyaviy hisobot elementlari ko’zda tutilgan bo’lib, bular - buxgalteriya balansiga to’g’ridan-to’g’ri tegishli bo’lgan 3 ta element: aktivlar, majburiyatlar va kapital; sof aktivlar va moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotga tegishli bo’lgan 4 ta element - daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar (2.4-chizma). Активлар Мажбуриятлар Хусусий капитал 2.4-chizma Moliyaviy hisobotning elementlari Davriy moliyaviy hisobotlar korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyati to’g’risidagi joriy buxgalteriya axborotlarini ulardan foydalanuvchilarga etkazib berishning vositalaridir. Yuqorida keltirilgan moliyaviy hisobotlarning etti elementning mohiyatini anglab olish aloxida ahamiyatga ega, chunki ular joriy moliyaviy hisobotlarda foydalaniladigan asosiy guruhlash (turkumlash)ni tashkil qiladilar. Moliyaviy hisobotlar elementlarini mohiyati va ularning asosiy xususiyatlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Dastavval buxgalteriya balansi tegishli bo’lgan elementlarini ko’rib chi-qaylik. Aktivlar bu o’tgan muomalalar va hodisalar natijasida xo’jalik sub’ekti tomonidan nazorat qilinadigan iqtisodiy resurslar bo’lib, ular kelajakda foyda keltirishi mumkin. Endi ana shu ta’rifning mohiyatini soddaroq talqinda yoritishga harakat qilamiz. Faraz qiling, Siz o’z mablag’laringiz evaziga tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchisiz. Sizda (ya’ni”cho’ntagingizda”) 1 mln. co’m pul bor, deylik. Ish boshlash uchun ushbu pullar evaziga savdo do’koni hamda qayta sotish maqsadlarida tovar harid qildingiz. Siz uchun ish boshlagan kuningizda quyidagi axborot mavjud: Savdo do’koni-0,8 mln. so’m Тovarlar - 0,2 mln. so’m Sizning kapitalingiz 1 mln. so’m Ana shu tovarlarni 1 oy davomida 0.3 mln.so’mga sotdingiz, deb faraz qilaylik. Endi Sizning tadbirkorlik faoliyatingiz haqidagi axborot quyidagicha bo’ladi: Savdo do’koni - 0,8 mln. so’m Sizning kapitalingiz 1 mln.so’m Naqd pul- 0,3 mln.so’m Foyda 0,1 mln.so’m Shunday qilib, Sizning pullaringiz faollashib, Sizga foyda keltira boshladi. Agar Siz ularni o’z cho’ntagingizda ushlab turganingizda, ya’ni biron-bir tadbirkorlik faoliyatiga yo’naltirmaganingizda, ular Siz uchun ishlamagan va foyda keltirmagan bo’lar edilar, ya’ni faollashmay, “passiv” holatda qolaverar edilar. “Aktiv” so’zining ma’nosi ham o’zbek tiliga o’girganda “faol” jumlasini anglatadi. Mana shuning uchun ham xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan bino, pul mablag’lari, material, tovarlar kabi iqtisodiy resurslar aktivlar deb ataladi. Endi yuqoridagi axborotlarni ana shu xulosaga tayanib, quyidagicha aks et-tiramiz: AKТIV PASSIV Savdo do’koni - 0,8 mln. so’m Sizning kapitalingiz 1,0 mln. so’m Naqd pul - 0,3 mln. so’m Foyda - 0,1 mln. so’m Jami - 1,1 mln. so’m Jami - 1,1 mln. so’m Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling