Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
Moliyaviy hisobotning turlari
Download 339.5 Kb.
|
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari
5. Moliyaviy hisobotning turlari.Moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari unda aks ettirilishi lozim bo’lgan axborotlarning turi, nomi va ko’lamini belgilab beradi. Moliyaviy hiso-botlardan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt haqida quyidagi axborotlarni taqdim etish talab qilinadi: korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari va kapitali; korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari hamda kapitalida sodir bo’lgan o’zgarishlar; korxonaning iqtisodiy holati. Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma’lumotlar moliyaviy hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi-ning «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks ettirish tavsiya etiladi: Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot -2-son; shakl Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot – 3-son; shakl Pul oqimlarining harakati to’g’risidagi hisobot – 4-son ; shakl Хususiy kapitalning xarakati to’g’risidagi hisobot -5-son ; shakl Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar. Bu moliyaviy hisobotlar O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va «Korxonaning hisob siyosati»ga asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo’lgan barcha moliyaviy ax-borotni qamrab olishlari kerak. 1-sonli «Buxgalteriya balansi» shaklda korxonaning xo’jalik mablag’lari va ularning joylashishi hamda tarkib topish manbalari o’z ifodasini topadi. Kor-xonaning mulki - bu uning mablag’lari summasining o’z mablag’lari manbalari sum-masiga to’g’ri keluvchi qismidir. Korxona moliyaviy barqarorligi esa uning mul-kiy holati hamda to’lov qobiliyati bilan baholanadi. Тo’lov qobiliyatini aniq-lashda esa korxona majburiyatlarini uning aylanma mablag’lari summasi bilan so-lishtirish lozim. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling