2-sonli «Moliyaviy natijalar tug’risidagi hisobot» shaklda korxonaning mahsulot sotishdan ko’rgan moliyaviy natijasi, asosiy faoliyat, umumxo’jalik fao-liyati bo’yicha moliyaviy natijasi va sof foydasi ko’rsatiladi. Bu shakl ma’lu-motlari buxgalteriya balansini tuzishda ishlatiladi.
3-sonli «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot” shakl kor-xonada mavjud mulkning holatini baholashda imkonini beradigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu shakl ba’zi ma’lumotlarini (masalan, yil boshiga va yil oxiriga qoldiq summasini) balansdagi shu moddalar bilan solishtirish mumkin. Тahlil uchun esa asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati ko’rsatkichi ishlatiladi. Ushbu shakl asosiy vositalar harakati bilan bog’liq barcha ma’lu-motlarni bergani sababli, ular asosida asosiy vositalar, ya’ni mulkning tex-nik holatini baholash mumkin.
4-sonli «Pul oqimlarining harakati to’g’risidagi hisobot» shakl korxona pul mablag’lari harakatini baholash nuqtai nazardan nihoyat darajada katta ahamiyatga ega. Bu hisobotni o’qishni bilgan kishi ma’lum bir darajada korxonaning moliyaviy natijalari shakllanishi haqidagi ma’lumot bilan tanishishi va uni 2-shakl ma’lumotlari bilan solishtirishi mumkin. Bu hisobot korxonaning naqd va naqd pulsiz muomalalarining umumiy aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni beradi. Hisobot davri boshiga qoldiqqa hisobot davridagi kirim qo’shilib, hisobot davridagi chiqim chegirilib yuborilsa, pul mablag’lari qoldigini hisobot davri oxiriga aniqlash mumkin.
5-sonli «Хususiy kapitalning xarakati to’g’risidagi hisobot» shakl korxona-ning o’z mablag’lari manbalari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va ular-ning harakati haqida batafsilroq ma’lumot berish uchun tuziladi.
Shunday qilib, moliyaviy hisobot bu moliyaviy hisobning eng yakuniy bos-qichi va uning asosiy maqsadidir. Qonunga muvofiq 1 yanvardan 31 dekabrgacha qadar bo’lgan taqvimiy yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
soliq idoralariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
makroiqtisodiyot va statistika idoralariga;
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarga.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan qo’shilib boruvchi jamlama tartibda yilning har choragida taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |