Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Download 339.5 Kb.
bet16/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

8. Sotish.
Biz uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida eng tortishuvli, ya’ni munozarali masa-lalardan biri hisobga olinayotgan ob’ektning sotilish paytini aniqlashdir. o’arb olimlari sotish payti deb moddiy boylikka bo’lgan mulkchilik huquqining sotuv-chidan xaridorga o’tish paytini qabul qilishgan, ya’ni ular huquq kontseptsiyasini olg’a surishadi. Biz esa shu paytgacha sotish vaqti deb mahsulot uchun xaridordan pul tushgan paytini hisoblab keldik. Bunda, albatta, pul tushgan payt mulkchilik huquqining o’tish paytiga to’g’ri kelmaydi. Shunday qilib, o’arbliklar kontsep-tsiyasiga ko’ra foyda mahsulotni jo’natish paytidayoq paydo bular ekan, bizda esa pul kelib tushgan paytda hisobga olinar edi. Birinchi holda foyda bor, lekin ish haqi to’lash, soliq o’tkazish, kreditor qarzlarni o’zish uchun pulning o’zi yo’q. Bundan tashqari o’arb mamlakatlarida bu muammolar ikkita hisobda “Sotish” va “Sotilgan tovarlar tannarxi” hisoblarida aks ettirilsa, bizda faqat bitta “Mahsulot (ishlar va xizmatlar)ni sotish “ hisobining bir tomonida tushum, ik-kinchi tomonida tannarx aks ettiriladi.
9. Mos kelish.
Ushbu tamoyilga muvofi muayyan hisobot davrining daromadlari ularni olish uchun sarflangan harajatlarga mos tushishi kerak. Bu hisob ishlarini tashkil qilishning muammolaridan biridir. Bu tamoyil E.Shmalenbax (1873-1955)ning aktivlarga bergan tushunchasiga juda mos keladi. Uning fikricha, aktivlar bu kelajakda daromad keltiruvchi xarajatlardir. Biz esa ularni faqat xo’jalik mablag’lari deb tushunib o’rganib qolganmiz. Bundan aktivlarga qo’yilgan moliyaviy natijalar olib borish tartibini ko’rib chiqish zaruriyati tug’ilyapti. Shu sababli xarajat deb pul to’la-nishi emas, balki ana shu to’lovlar uchun huquq paydo bo’linishi tushuniladi. Bundan tashqari, pul summalarining hisoblanishi va ularning haqiqiy harakati o’rtasidagi doimiy farq borligi ham ana shunga asosan paydo bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, moliyaviy hisob tamoyillari buxgalteriya hisobi kontseptual asoslarining tarkibiy elementi hisoblanib, ularning mohiya-ti va mazmuni O’zbekiston Respublikasi nolinchi buxgalteriya hisobi milliy stan-dartida batafsil yoritilgan. Mamlakatimizda o’tkazilgan islohotlarni amalga oshirish jarayonida asosiy o’quv qo’llanmasi sifatida ishlab chiqilgan “Moliyaviy hisob” kitobida esa ularni qo’llanilish doirasiga muvofiq ravishda quyidagi guruhlarga birlashtirish tavsiya etilgan:

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling