O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari, ishlatish yo‘nalishlari Moliya resurslari
Download 328.09 Kb.
|
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari, ishlatish yo‘nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaning mohiyati va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari, ishlatish yo‘nalishlari Moliya resurslari - iqtisodiy subʼyekt ixtiyorida, uning tasarrufida boʻlgan jami pul mablagʻlari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻlik, boʻlgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda toʻplanadi. Hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliklardan tashkil topadigan soliqtizimini qoʻllaydi. Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va oʻz vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablagʻlaridir. Firma yoki korxona Moliya resurslari yalpi pul tushumi, bankdan olgan krediti, uz mulkini sotishdan kelgan tushum, uz aksiyalarini sotishdan kelgan mablagʻ x.isobidan shakllantiriladi. Xonadon Moliya resurslari — ish haqi, pensiya, ijara haqi, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tashkil topadi. Xonadondagi Moliya resurslari, asosan, isteʼmol va jamgʻarish uchun ajratiladi. Moliyaning mohiyati va vazifalari Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri pul bo`lib, u odamlarni harakatga keltiruvchi asosiy omil sifatida xizmat qiladi. Pul aslida o`zi ham tovar bo`lib, odamlarni mehnat qilishga, bilim olishga, o`z malakasini muttasil oshira borishga, tadbirkorlik va biznes bilan shug`ullanishga va hokazolarga undaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vosita sifatida namoyon bo`ladi. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o`sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag`lar bozorda boshqa resurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi. Pul mablag`larini hosil qilish, ularni jamlash, taqsimlash va ishlatish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlarni moliya yoki moliyaviy munosabatlar deb yuritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy jarayonlarning amalga oshirilishi pul mablag`larining harakatlanishi bilan bog`lanib ketgan. Shuning uchun moliyaviy munosabatlar jamiyat iqtisodiy hayotida markaziy o`rinni egallaydi. Har qanday ijtimoiy faoliyat pul mablag`larini talab qiladi. Ishlab chiqarish qaerda bo`lmasin, baribir, moliyani yuzaga keltiradi. Mahsulotlar va xizmatlar faqat taqsimlangandan so`ng is`temol etilishi mumkin. Ular qiymat shaklida taqsimlanganda, dastlab turli maqsadlarga mo`ljallangan pul resurslari hosil bo`ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib, shundan keyin iste`mol qondiriladi. Masalan, qiymat shaklidagi mahsulot taqsimlanganda, uni yaratish uchun sarflangan mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondi shakliga kiradi. Bu o`z navbatida moliyaviy resursga aylanadi, yig`ilib boradi va unga yangi mashina va mexanizmlar sotib olinib, eskirganlari o`rniga tiklanadi. Ma`lumki, umumjamiyat ehtiyojlari davlat yo`li bilan qondiriladi. Bular jumlasiga atrof-muhitni himoya qilish, mudofaa, milliy xavfsizlik, ijtimoiy tartibni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va boshqalar kiradi. Mazkur ehtiyojlarning qondirilishi davlatning moliyaviy faoliyati bilan bog`liq. Ammo bundan moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan kelib chiqadi, moliyaviy munosabatlarni faqat davlat yaratadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Davlat moliyani yaratuvchi emas, balki moliya munosabatlarining ishtirokchisidir. Moliyaviy resurslarni tashkil etishda va ishlatishda ishtirok etuvchilar moliyaviy munosabatlarning sub`ektlari hisoblanadi. Bular jumlasiga davlat idoralari, korxonalar, firmalar, tashkilotlar, turli muassasalar, oilalar va ayrim shaxslar kiradi. Ular moliyaviy munosabatlarda umumdavlat ehtiyojlari (aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog`lig`ini saqlash, unga ta`lim berish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, ekologik muammolarni hal etish va h.k.) hamda korxona va firmalarni rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishtirok etadilar. Moliyaviy munosabatlarning ob`ekti esa pul mablag`laridan iboratdir. Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o`rni beqiyosdir, zero, ularni inson organizmini doimiy ravishda qon bilan ta`minlab turuvchi qon-tomir tizimiga o`xshatish mumkin. Iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy munosabatlarning roli ular tomonidan bajariladigan quyidagi funktsiyalar (vazifalar) orqali namoyon bo`ladi. Download 328.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling