Jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining daromadlari xosil bo’ladi


Download 303.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana02.04.2023
Hajmi303.66 Kb.
#1318960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10 (4)



10-mavzu.Korxonafaoliyatining moliyaviy natijasi 
Reja 
10.1. Korxonalari daromadlari 
10.2. Korxona foydasi va uni taqsimlash
10.3.Optimal ishlab chiqarish xajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini 
aniqlash 
10.4.Korxona rentabelligi 
 
1. Korxonalari daromadlari 
Respublika Prezidenti SHavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek:- “Xalqimizning hayot 
darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to’lash tizimini shakllantirish va aholi real 
daromadlarini oshirishimiz zarur” 
Ishlab chiqarilgan maxsulotlar va xizmatlar yalpi ichki maxsulotdir, u pul shaklida butun 
jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining 
daromadlari xosil bo’ladi. 
Daromad iqtisodiyot ishtirokchisining yalpi ichki maxsulotdagi bo’lib, bu ularga ishlab 
topganiga qarab va pul shaklida tegadi. 
YaIM pul — qiymat shaklida taqsimlanganda aholi daromadi, firma daromadi va davlat 
daromadi hosil bo’ladi, chunki bular iqtisodiyotning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi. Daromad 
pul tushumi shakliga ega bo’ladi. Aholiga tekkan daromad uning ixtiyoriga kelgan turli pul 
tushumi (ish xaqi, foyda, nafaqa, pensiya, stipendiya, ijara puli, dividend, zayom yutug’i, 
tomorqadan kelgan pul kabilar)dan iborat bo’ladi. Firma daromadi tovarlarining sotilishi 
natijasida unga kelgan pul tushumidir. Uning bir kismi xarajatlarni qoplasa, qolgan kismi 
foydadan iborat bo’ladi. Davlat daromadi — bu davlat byudjetiga korxona (firma), tashkilotlar, 
aholi va chet eldan kelgan pul tushumidir. Daromadlar tarkibida aholi daromadlari asosiydir
chunki ular farovonlikni belgilaydi, ular xissasiga yalpi ichki maxsulotning asosiy qismi to’g’ri 
keladi.
Taqsimotning bozor usuliga ko’ra, xar bir kishining daromadi uning tovarlar va xizmatlar 
yaratishga qo’shgan xissasiga teng bo’ladi. Bunday daromad bozor daromadi deb yuritiladi. 
Ammo taqsimotdagi insonparvarlik tamoyilidan kelib chiqadigan nobozor daromadi ham bo’lib, 
u ishlab topilmay, balki yordam shaklida muxtojlarga beriladi. Bu tamoyil, birinchidan, iktisodiy 
imkoniyatlarni, ikkinchidan, nochor aholining muxtojligini xisobga oladi. Muxtojlar ishlamasa 
yoki kam ishlasalarda, davlat, jamoat tashkilotlari va firmalar tomonidan berilgan nafaqaga ega 
bo’ladilar. 

Download 303.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling