Jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining daromadlari xosil bo’ladi
Download 303.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10 (4)
Foydani taqsimlash
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxona sof foydasining taqsimoti o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunga korxonaning mulk shakli ta’sir etadi. Sof foyda taqsimoti quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: - aktsionerlik jamiyatida dividentlar to’lashga va rezerv kapitaliga ajratma qilinadi. Uning qolgan qismi taqsimlanmagan foyda ko’rinishida jamiyat ixtiyorida qoladi va korxona faoliyatini rivojlantirishda (asosiy fondlarni kengaytirishda va aylanma mablag’larni shakllantirishda) qatnashadi; - qo’shma korxonada rezerv kapitaliga ajratma qilinadi, uning ustaviga muvofiq tahsischilr o’rtasida taqsimlanadi yoki tahsischilar qaroriga binoan korxona faoliyatini rivojlantirishga ishlatiladi; - xususiy korxonalarda rezerv kapitaliga ajratma qilinadi va uning qolgan qismi taqsimlanmagan foyda ko’rinishida korxona faoliyatini rivojlantirishda ishtirok etadi; - davlat korxonalarida rezerv fondiga ajratma qilinadi, qolgan qismi esa Ustav fondiga qo’shiladi. Ma’lumki, korxona Ustav fondi uning asosiy va aylanma fondlarini shakllantirishda muhim manba hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydaning miqdori ichki va tashqi omillardan bog’liq. Ichki omillarga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, xo’jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menejerlarning bilimdonligi (omilkorligi), mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish darajasi kiradi. Korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi omillarga bozor konyunkturasi, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik resurslarning narxi, amortizatsiya normalari, soliq solish tizimi va boshqalar. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida har bir korxonada foydani ko’paytirish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish lozim. Umuman olganda bunday tadbirlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: - u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha monopol o’rinni egallashga (noyob mahsulotlar ishlab chiqarishga) erishish; - doimo o’zgaruvchan konyunkturga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilab turish; - raqobatbardoshlik sharoitida tovarlarning sotila olishini ta’minlash maqsadida xaridorlarga turli xil xizmatlar ko’rsatish (jumladan, tovarlar sotilgandan keyingi xizmatlar); - mahsulot ishlab chiqarishni o’stirish; - mahsulot sifatini yaxshilash; - ortiqcha uskunalar va boshqalarni sotish yoki ijaraga berish; - mavjud moddiy resurslardan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va ish maydonlaridan, ishchi kuchi va ish vaqtidan oqilona foydalanish asosida mahsulotlarning tannarxini pasaytirish; - ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash; - mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish va boshqalar. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun yakuniy natijani (foydani) ishlab chiqarish xarajatlari yoki shnday natijaga erishishni ta’minlagan resurslar bilan taqqoslash lozim. Download 303.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling