Jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining daromadlari xosil bo’ladi
Download 303.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10 (4)
SF
Srent= ——— ST Korxonaning o’z kapitali rentabelligi (O’Krent) - bu sof foydaning korxona o’z kapitali (mablag’i) 1 so’miga to’g’ri keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) korxona o’z kapitalining o’rtacha yillik summasiga nisbati ko’rinishida aniqlanadi: SF O’Krent= ——— O’K Xarajatlar rentabelligi (Xarrent.) - bu korxona asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydaning asosiy ishlab chiqarish xarajatlari (sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan xarajatlar)dagi (AICHX) ulushini tavsiflaydi. SF Xarrent= ———— AICHX Aktsionerlik jamiyatining bir dona aktsiyasi rentabelligi (AK) - sof foydaning korxona aktsiyalari (AK) soniga nisbati ko’rinishida hisoblanadi. Bu ko’rsatkich korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi. SF AKrent= ——— AK Rentabellikning barcha ko’rsatkichlari korxonaning barqarorligini aniqlashga, uning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va bozordagi raqobat bardoshliginpi ko’tarish bo’yicha tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi. Hozirgi paytda foydaga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini bir qancha usullarni qo’llab aniqlash mumkin. Eng avvalo korxonaning yalpi foydasiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanadi. Sotishdan olingan sof tushumni korxonaning yalpi foydasi (Fsm) deb ham atash mumkin. Bu odatda sotilgan mahsulotning umumiy qiymatidan (Sm) uning tannarxini (Tn) ayirish yo’li bilan aniqlanadi. Ammo shu ikki ko’rsatkich zamirida mahsulotning qiymati, miqdori, baho o’zgarishi, tannarxdagi tebranishlar mujassam etilgan. SHu tufayli yalpi foydaning vujudga kelishida bevosita shu omillar ta’sirini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Korxonada yalpi foyda ma’lum ahamiyatga ega, chunki u barcha moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar negizini tashkil qiladi. Ammo xo’jalik faoliyatining pirovad natijasi sof foydaga erishish bilan belgilanadi. SHu tufayli iqtisodiy tahlilda sof foydani o’rganish va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Korxonada sof foydaning shakllanish jarayoni butun moliyaviy-xo’jalik faoliyatini qamrab oladi. Bu yerda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, sotish va ma’muriy xarajatlarni tejash, moliyaviy faoliyat natijasida ijobiy saldoga erishish, tasodifiy foydaga muyassar bo’lish, soliq stavkasi o’zgarmagan holda soliq so’mmasini kamaytirish kabi bir qancha bosqichlar mujassam. Hozirgi paytda amaldagi me’yoriy hujjatlar moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlarning shakllanishini aynan shu tarzda ifodalashni taqozo qiladi. Ushbu holat moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish uchun ham uslubiy jihatdan yondoshishga asosdir. Ushbu ketma-ketlikka asoslanib korxona sof foydasining shakllanishi va ularning bir-biri bilan bog’liqligini ko’rib chiqish mumkin.Bu o’zgarish juda ko’p omillar evaziga sodir bo’lgan. Ushbu omillar ta’sirini shu javdal ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin. Bu omillar guruhiga quyidagilar kiradi: mahsulot hajmining o’zgarishi; tannarxning o’zgarishi; bahoning o’zgarishi; davr xarajatlarining o’zgarishi; turli operatsion daromadlarning (xarajatlarning) o’zgarishi; asosiy faoliyat moliyaviy natijasi; moliyaviy faoliyat natijasi; tasodifiy (favqulotdagi) foyda va zararlarning mavjudligi; soliq stavkasi; soliq summasi; Iqtisodchilarning muhim vazifalaridan bir korxona rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillarni ham hisoblab chiqishlari va ularni oshirish uchun tegishli ichki imkoniyatlarni axtarib topish yo’llarini ko’rsatishdan iboratdir. Korxonaning moliyaviy natijalarini ifodalovchi m ko’rsatkichga mahsulot (ish, xizmat) rentabelligini (Rst) kiritish mumkin. Mazkur ko’rsatkichni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling