Jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining daromadlari xosil bo’ladi
O’timal ishlab chiqarish xajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini
Download 303.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10 (4)
10.3.O’timal ishlab chiqarish xajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini
aniqlash Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng muhim vazifalaridan biri – bu, ishlab chiqarish jarayonlari elementlarining o’zaro uyg’unlashuvi va muvofiqlashuvini ta’minlashdan iborat. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning bir qatoor fundmental qoidalari va shakllari mavjud bo’lib, ularga rioya qilish korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratib beradi. Ishlab chiqarish jarayonlari bir qator tashkiliy-texnikaviy jihatlariga ega bo’lib, ularning tahsirida ishlab chiqarishni tashkil etish vositalari, usullari shakllanadi. Ular esa korxona xo’jalik faoliyatining pirovard natijalari bўlgan xarajatlar, mahsulot hajmi, uning sifati, mehnat unumdorligi, rentabelligi darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiқarish jarayonlarini belgilash va taҳlil etishda ularning mehyoriylarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish aoҳida aҳamiyat kasb etadi. Ulardan foydalanish ishlab chiқarishni tashkil etishning samaradorligini aniқlashda asos bўladi. Daromad turlari mavjud: - haqiqiy daromad; - o’rtacha daromad; - monopol daromad yoki iqtisodiy renta; - maksimal daromad. Haqiqiy daromad – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy xarajatlar asosida aniqlangan daromad hisoblanadi. Bu daromad korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi. O’rtacha daromad deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga bir xil daromad olish yoki bir xil rentabellikka ega bo’lish tushuniladi. O’rtacha daromad korxona (firma)ning faoliyat ko’rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday daromadning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O’rtacha daromadni ko’pincha iqtisodiy daromad deb ataydilar. Iqtisodiy daromad qachon paydo bo’ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so’m daromad olgan bo’lsa-yu, ana shu mablag’ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming so’mlik daromad olsa, bunday daromadni iqtisodiy daromad deb tushunish kerak. Bu holda daromad ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy daromad korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag’batlantirsa, ijobiy haqiqiy daromad ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. Monopol daromad yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish omillaridan daromadlanish natijasida sodir bo’lgan daromad hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo’lib, yerni olish bilan bog’liq xarajatlar bir xil bo’lishi sharoitida birinchi yer transport tarmog’iga yaqin bo’lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so’m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln so’m uning qo’shimcha daromadsi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o’rtasidagi farqdan iborat bo’ladi. Maksimal daromad – bu bir birlik qo’shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qo’shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan daromad. SHu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo’ladi. SHunga ko’ra, daromadni maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash deganidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o’tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida daromadni taqsimlash masalalari muhim o’rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to’g’ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini uyg’unlashtirish uchun sharoit yaratadi. Mahsulot sotishni ko’paytirishdan uch natija kutiladi: a) mahsulot sotishni ko’paytirish orqali bozorda o’z hissasini oshirish, imkon bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish; b) har bir mahsulotni (mahsulot birligini) sotishdan tushadigan daromadning kamayishiga rozi bo’lgan holda mahsulotlarni ko’plab sotish orqali keladigan yalpi daromadni oshirish; v) mahsulotni ko’p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish. Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o’z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar mahsus narx qo’llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi. Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni tahqiqlaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qo’llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo’ladi. Download 303.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling