Inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi


Download 39.09 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi39.09 Kb.
#1403517
  1   2
Bog'liq
PF-6277 11.08.2021




[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar va boshqa toifadagi fuqarolarga moddiy yordam]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Bola tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj oilalar moddiy ta’minotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to‘lash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
a) 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:
inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llaniladi;
b) yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
2. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilansin:
a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;
b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so‘m.
Bunda, 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.
3. Moliya vazirligi 2021-yil yakuniga qadar bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalar sonining o‘rtacha 20 foizga oshishini hisobga olgan holda 2021-yilda ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirishga budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratsin hamda Davlat budjetining 2022-yildagi parametrlarini shakllantirishda mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ma’lumotlar bazasidagi kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishi hamda axborot almashinuvining samarali ishlashini ta’minlasin.
5. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2021-yil 20-avgustga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
kam ta’minlangan bolali oilalarga nafaqani hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi;
minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi.
6. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmon maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I.I. Norqulov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-noyabr va 2022-yil 1-aprelga qadar axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-avgust,
PF-6277-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-871-son Farmonida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “parvarishlash uchun” so‘zlaridan keyin “ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari”.
Bunda, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 60 foizi miqdorida belgilansin”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-martdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3864-son Farmonida:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi “g1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g1) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “2020-yil 30-iyuldagi koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6038-son Farmoni 2-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni 15-ilovasi 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



9.

“Pensiya” dasturiy ta’minotini funksional kengaytirish orqali Pensiya jamg‘armasini boshqarish axborot tizimini yaratish. Bunda, pensiya va nafaqalarni bosqichma-bosqich birgina pasport asosida tayinlash tizimini joriy etishni nazarda tutish.

1. Axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.
2. “Pensiya” dasturini funksional kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolash.
3. “Pensiya” dasturiy ta’minotini funksional kengaytirish.
4. Axborot tizimini amaliyotga joriy etish.

2022-yil sentyabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Download 39.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling