Inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi
Download 39.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqPF-6277 11.08.2021
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-son qarorining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining budjet muassasalarida ishlayotgan onalarga: 2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning o‘zini-o‘zini boshqarish organlari orqali; 2021-yilning 1-sentabridan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar”. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarorining 11-bandi “(turmush o‘rtog‘i va bolalari)” so‘zlaridan keyin “shuningdek, pensionerlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4938-son qarorida: a) 1-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 so‘mdan 1 085 000 so‘mgacha etib belgilansin”; b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi nizom ilovasining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”. 12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi nizom ilovasining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”. 13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “kam ta’minlangan oila — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila”. 14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 731-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “b) un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun to‘lanayotgan pul kompensatsiyasi (keyingi o‘rinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) nafaqalar to‘lanishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan hisoblanadi va 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.” Ushbu ilovaning bandlari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlar RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-938-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4158-son Farmoni ilovasining 2-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-dekabrdagi “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 350-son qarori. 4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 866-son qarorining 5-bandi. Ushbu ilovaning bandlari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son) Download 39.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling