Inovatsiyalar vazirligi
Download 2.33 Mb. Pdf ko'rish
|
PTMA Tajriba 23.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arra tishlarini silliqlash.
13-rasm. V rusumli qumli vannaning sxemasi. 1- arra silindri; 2- qum; 3 - arra diski; 4 - arralar orasidagi qistirma; 5 - shkiv; 6 -vanna kor’usi. Arra tishlarini silliqlash. Chigitli paxtani jinlash ‘rosessida undan sifatli tola olish va jinning ish unumi arra tishlarining o’tkirligi va silliqligiga bog’liq. Arra tishlarini silliqlash va yangi tish chiqarilganda hosil bo’lgan qirovni yo’qotish qumli vannada bajariladi. qumli vanna diametri 380 mm va uzunligi 1620 mm li silindr barabandan iborat bo’lib, qalinligi 3 mm li po’latdan yasaladi. Vanna va silliqlanadigan arrali silindrning tayanch podshipniklari karkasga o’rnatiladi. Vannaning usti oshiq-moshiqli qo’qoq bilan yo’iladi. Vannaning ichiga arra qistirmalariga yetmaydigan qilib yirikligi 0,1-0,5 mm li kvars qumi yoki cho’yan qumi solinadi. Agar kvars qumi solingan bo’lsa, silindr 500-600 min -1 chastota bilan 15 minut bir tomonga va 15 minut teskari tomonga, agar cho’yan qumi solingan bo’lsa, 180 min -1 chastota bilan faqat ishlaydigan tomonga aylantirilib silliqlanadi. Arra silindri quvvati 1,2 kVt, aylanish chastotasi 960 min - 1 bo’lgan elektrodvigateldan tasma orqali harakatlantiriladi. Yaxshi silliqlangan arralar bilan ishlagan jindan tolali nuqsonlari va ifloslik ‘rosenti kam bo’lgan tola va kam shikastlangan chigit olinadi. 1 tonna tola olishda sarf bo’ladigan elektr energiya 1,4 marta kamayadi. Arrali silindrlarni o’z vaqtida almashtirish uchun arra sexida hamma vaqt 1-2 jinning arrali silindrlari va 1-4 linterlarning arrali silindrlari charxlanib tayyor bo’lishi kerak. Paxta tozalash korxonalarida jilvirlash uchun ishlatiladigan kremlili kumlarinig qattiqligi 10 shkalali hisobda 7ga to’g’ri keladigan, zichligi 2,65 kg/sm 3 , zarralar dumoloqligi 630-2000 mkm kumlar keng qo’llaniladi. Ishlash davrida kumlar uz ishlash qobiliyatini tez yoqota boradi, 30 minutlik siklda ishlashda o’rtacha 14-15 soat bo’lib, 28-30 arrali silindrlarni jilvirlashga bir za’ravka kum yetadi. Korxonaning arra ta’mirlash bo’ylimida yangi arra disklariga va ishlatilgan arralarga tish chiqarish texnologik jarayonida asosiy e’tibor arra tishlarining geometrik o’lchamlariga qaratiladi. Jin va linter mashinalarining ish unumdorligiga va mahsulotning sifat ko’rsatkichlariga tayyorlangan arra tishlarining o’tkirligi, arralarning tekisligi va silliqligi bilan bir qatorda arra tishlarining geometrik o’lchamlari ham ta’sir qiladi. Geometrik o’lchamlar deganda tishning oldingi va orqa burchaklarini nazarda tutiladi. Arra silindr arralari tishlari bilan tolani ilib olib kolosnik ortiga tortib o’tish jarayonida arra tishlarining ‘rofili muhim o’rin tutadi. Arra tishlaridan tolani havo yordamida ajratib olish arra tishlarining geometrik o’lchamlariga bog’liq. Arrali jinlarning asosiy ish organi hisoblangan arralar mahsus yu’qa ‘o’lat tunuka (GOST 2052-60 bo’yicha U85 markali uglerodli ‘o’lat yoki GOST 1435-60 bo’yicha sovuqlayin cho’zilib termin ishlangan ‘o’lat) dan yasaladi. Jin arrasining o’lchamlari va ‘arametrlari GOST 1413-64 ga muvofiq 69-rasmda ko’rsatilgan talablarga to’g’ri kelishi kerak. Arra tishi ikkita qirradan oldingi yoki ish qirrasi (arraning aylanish tomoniga qaraganda) va orqa qirra yoki yelka qirralarining kesishishidan tashkil to’gan. Tish o’zining oldingi qirrasi bilan tolalarni ilib, kolosnik orasidan olib o’tadi va havo oqimiga keltiradi. Metallda ortiqcha zo’riqish hosil qilmaslik uchun tish tubidagi qirralari 0,5-0,1 mm radius bilan yumaloqlanadi. Ikki qo’shni tish uchlari orasi tish qadami, tish uchidan tubigacha bo’lgan masofa esa tish balandligi h deb ataladi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling