10-Laboratoriya ishi
Mavzu: Arra tishlarini jilvirlash.
Ishdan maqsad:
Talabalarni metallarni jilvirlash ishi bilan tanishtirish va
jilvirlash dastgohida ishlash jarayonlarini oʻrganish.
Umumiy ma’lumot.
Metallarni abraziv asboblar bilan kesish jarayoni jilvirlash deb ataladi.
Jilvirlashda kesuvchi asbob sifatida har xil shakldagi jilvirlash abraziv toshlari
(doiraviy),
brusoklar qayroq toshlar, segmentlar, jilvirlash qog‘ozlari,
abraziv
poroshoklar va pastalar ishlatiladi. Jilvirlash asboblari abraziv materialdan
tayyorlanadi va bu materiallar bir-biriga maxsus bog‘lovchi
moddalar bilan
sementlangan nixoyatda qattiq donalardan iborat bo‘ladi.
Abraziv donalari bilan kesish jarayoni.
Jilvirlash toshi bitta donasining qirindi kesib
olish uchun ketgan vaqt
sekundining 1/10000 ulushi va undan kamini tashkil etadi. Jilvirlash jarayonida
1200
0
C va undan ortiqqa etadigan temperatura hosil bo‘ladi.
B)
A) 3151 modelli doiraviy jilvirlash dastgohining umumiy ko‘rinishi. B)
jilvirlashning asosiy sxemalari.
Dastgohning umumiy ko‘rinishi. A)da tasvirlangan.
Dastgoh quyidagi
asosiy qismlardan iborat: A- oldingi babka (tayyorlamani harakatga keltirish
yuritmasi bilan); B- staninaning ko‘ndalang yo‘naltiruvchi bo‘ylab
suruluvchi
jilvirlash babkasi; V- ketingi babka; G-stanina; D-stolning gidravlik yuritmasi; E-
staninaning bo‘ylama yo‘naltiruvchilari bo‘ylab suruluvchi stol; J-burish plitasi.
Jilvirlash babkasi ko‘ndalang yo‘nalishda maxovik 1 vositasida dastlabki ravishda
suriladi. Stolning gidravlik yuritmasi dasta 2 vositasida boshqariladi. Stol bo‘lama
yo‘nalishda maxovik 3 yordami bilan dastaki ravishda suriladi. Knopka stansiyasi
4 bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: