Inovatsiyalar vazirligi
Download 2.33 Mb. Pdf ko'rish
|
PTMA Tajriba 23.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16K20 modelli tokarlik-vintqirqish dastgohi.
- Oldingi babka.
- Ketingi babka.
11-Laboratoriya ishi
Mavzu: Detallarga mexanik ishlov berish. Ishdan maqsad: mashina detallarini tayorlashda ularni aniqligini ta’minlash maqsadida mexanik ishlov berish turlarini o’rganish. Tokarlik gruppasidagi dastgohlarda murakkab shaklli, yo‘nilgan yuzasi juda aniq va toza bo‘lishi talab etiladigan xilma-xil detallar kesib ishlanishi mumkin. Tokarlik-vintqirqish dastgohi. 16K20 modelli tokarlik-vintqirqish dastgohining asosiy uzellari va boshqarish organlari: stanina va uning tumbalari, oldingi babkasi, ketingi babkasi, surishlar qutisi, keskich tutkichli support, supportni harakatga keltiruvchi mexanizm joylashgan fartuk va dastgohi boshqarish elementlari tasvirlangan. Staninani va uning tumbalari. Stanokning barcha uzellarini o‘rnatish va mahkamlash uchun baza vazifasini o‘taydi. Stanina yuqori sifatli cho‘yandan quyiladi. Dastgoh ishining sifati staninaning bikrligi va eyilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Staninaning yuqori yuzasidagi gorizantal joylashgan 4ta yo‘naltiruvchi bor. Oldingi prizmatik va ketingi yassi yo‘naltiruvchilarda support karitkasi ichki yo‘naltiruvchilarda esa ketingi babka harakterlanadi. Staninaning yuqori qismi konstuksiyasining bunday bo‘lishiga sabab shuki, support karetkasi ostidagi yo‘naltirgichlar supportning tez-tez surilib turishi natijasida tezroq eyiladi. Ketingi babka ostidagi yo‘naltirgichlar esa deyarli eyilmaydi bu hol oldingi va ketingi babkalar o‘qlarning bir-biriga tug‘ri kelishini taminlaydi. 16K20 modelli tokarlik-vintqirqish dastgohi. B) 1-tumba; 2-stanina; 3-surish korobkasi; 4-o‘zgaruvchan korobka; 5- boshqaruvchi panel; 6-oldingi babka; 7-support; 8-kesgich o‘rnatiluvchi moslama; 9-yuqorigi support; 10-fartuk; 11-ketingi babka. Oldingi babka. Staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib mahkamlangan unda shpindel har xil aylanish sonlari (tezliklari) beradigan yuritma bor. SHpindel ichi havo val bo‘lib, uning oldingi uchida markazning quyrug‘i kesuvchi asbob yoki oraliq vtulka o‘rnatilgan konus bor. Ketingi babka. Staninaning o‘ng tomonga o‘rnatilgan bo‘lib markazlar orasiga siqib yo‘naladigan zagotovkalarni tutib turish uchun xizmat qiladi, undan tayyorlamaga teshik parmalashda yoki tayyorlamadagi teshikni parmalashda yoki tayyorlamadagi teshikka ishlov barishda kesuvchi asbobni (Parma, zinker, razvyotkani) o‘rnatish va mahkamlash uchun foydalansa ham bo‘ladi. Markaz va kesuvchi asboblar ketingi babkaning pinoliga o‘rnatiladi. Kesib ishlanadigan metall uzunligining botishi bilan ketingi babka staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab siljitilishi va oldingi babkadan tegishli oraliqda mahkamlab qo‘yilishi mumkin. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling