Inovatsiyalar vazirligi


Download 2.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/37
Sana22.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1794309
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
PTMA Tajriba 23.10.2023

11-Laboratoriya ishi 
Mavzu: Detallarga mexanik ishlov berish.
 
Ishdan maqsad: mashina detallarini tayorlashda ularni aniqligini 
ta’minlash maqsadida mexanik ishlov berish turlarini o’rganish. 
Tokarlik gruppasidagi dastgohlarda murakkab shaklli, yo‘nilgan yuzasi juda 
aniq va toza bo‘lishi talab etiladigan xilma-xil detallar kesib ishlanishi mumkin.
Tokarlik-vintqirqish 
dastgohi. 
16K20 
modelli 
tokarlik-vintqirqish 
dastgohining asosiy uzellari va boshqarish organlari: stanina va uning tumbalari
oldingi babkasi, ketingi babkasi, surishlar qutisi, keskich tutkichli support, 
supportni harakatga keltiruvchi mexanizm joylashgan fartuk va dastgohi 
boshqarish elementlari tasvirlangan. 
Staninani va uning tumbalari. Stanokning barcha uzellarini o‘rnatish va 
mahkamlash uchun baza vazifasini o‘taydi. Stanina yuqori sifatli cho‘yandan 
quyiladi. Dastgoh ishining sifati staninaning bikrligi va eyilishiga ko‘p jihatdan 
bog‘liqdir. Staninaning yuqori yuzasidagi gorizantal joylashgan 4ta yo‘naltiruvchi 
bor. Oldingi prizmatik va ketingi yassi yo‘naltiruvchilarda support karitkasi ichki 
yo‘naltiruvchilarda esa ketingi babka harakterlanadi. Staninaning yuqori qismi 
konstuksiyasining bunday bo‘lishiga sabab shuki, support karetkasi ostidagi 
yo‘naltirgichlar supportning tez-tez surilib turishi natijasida tezroq eyiladi. Ketingi 
babka ostidagi yo‘naltirgichlar esa deyarli eyilmaydi bu hol oldingi va ketingi 
babkalar o‘qlarning bir-biriga tug‘ri kelishini taminlaydi. 
16K20 modelli tokarlik-vintqirqish dastgohi. 
B) 1-tumba; 2-stanina; 3-surish korobkasi; 4-o‘zgaruvchan korobka; 5-
boshqaruvchi panel; 6-oldingi babka; 7-support; 8-kesgich o‘rnatiluvchi moslama; 
9-yuqorigi support; 10-fartuk; 11-ketingi babka.
Oldingi babka. 
Staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib mahkamlangan unda shpindel har xil 
aylanish sonlari (tezliklari) beradigan yuritma bor. SHpindel ichi havo val bo‘lib, 


uning oldingi uchida markazning quyrug‘i kesuvchi asbob yoki oraliq vtulka 
o‘rnatilgan konus bor.
Ketingi babka. 
Staninaning o‘ng tomonga o‘rnatilgan bo‘lib markazlar orasiga siqib 
yo‘naladigan zagotovkalarni tutib turish uchun xizmat qiladi, undan tayyorlamaga 
teshik parmalashda yoki tayyorlamadagi teshikni parmalashda yoki tayyorlamadagi 
teshikka ishlov barishda kesuvchi asbobni (Parma, zinker, razvyotkani) o‘rnatish 
va mahkamlash uchun foydalansa ham bo‘ladi. Markaz va kesuvchi asboblar 
ketingi babkaning pinoliga o‘rnatiladi. Kesib ishlanadigan metall uzunligining 
botishi bilan ketingi babka staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab siljitilishi va 
oldingi babkadan tegishli oraliqda mahkamlab qo‘yilishi mumkin. 

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling