19-laboratoriya ishi ekstraksiya sexining tayyor, oraliq mahsulotlari va yordamchi materiallarni analiz qilish usullar Asbob, reaktiv va materiallar


Download 25.95 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1409268
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19- 20-lab


19-LABORATORIYA ISHI
Ekstraksiya sexining tayyor, oraliq mahsulotlari va yordamchi materiallarni analiz qilish usullar


Asbob, reaktiv va materiallar: Sokslet yoki Zaychenko apparati shkafi, eksikator; 2-sinf laboratoriya tarozisi, suv hammomi; maydalagich: 250ml konussimon kolba, petroley efiri; dietil efiri, shpatel, filtr qog'ozi; gigroskopik paxta.
Ishning bajarilishi. O'rtacha namunadan 15-20gr kunjara olinadi vamaydalagichda maydalanadi. Xom moyning miqdorini aniqlash uchun 5gr kunjara 0,0001gr aniqlikda tarozida tortilib, filtr qog'ozdan yasalgan patronga joylanadi.Bu vaqtning o'zida namlikni aniqlash uchun ham namuna ajratiladi.Patronning og'zi yopilib, Sokslet yoki Zaychenko apparatiga joylanadi.Sokslet apparatida ekstraksiva 8 soat, bunda 1 soat ichida 7-8 marotaba sinflanish yuz berishi kerak.Zaychenko apparatida esa 4 soat davomida olib boriladi.Yuqorida qayd etilgan vaqt o'tgandan so'ng yog' to'liq ajratib olinganligi tekshiriladi.Paxta kunjarasini petroley efiri bilan boshqa moyli urug'larni dietil efiri bilan ekstraksiya qilinadi.
Namunalarni ekstraksiyaga tayyorlash, jarayonni olib borish, hamda natijalari hisoblash chigit tarkibidagi xom moyning massa ulushini aniqlash bo'yicha olib boriladi.
Ikki parallel aniqlashlar orasidagi farq, Sokslet apparati ishlatilganda 0,15% Zaychenko apparatida 0,4%dan ko'p bo'lmasligi kerak.


Foss-Let asbobida kunjaradagi xom moyning massa
ulushini aniqlash
Barcha moyli urug'lar kunjaralari tarkibidagi xom moyning massa Foss-Let asbobida tez aniqlash mumkin. Kunjarani analiz qilishda reaktorga joylashtiriladigan namunaning aniq og'irligi 44.6gr bo'lishi kerak.Ekstraksiyalash vaqti 2 minut. Materialni analizga tayyorlash, tahlilni amalga oshirish, moyli urug'larni analiz qilishdagi kabi bajariladi .


Kul miqdorini aniqlash
Kunjarada qator organik moddalar bilan bir qatorda ma'lum miqdorda yoqilgandan keyin kul ko'rinishida qoladigan mineral moddalar ham bo'ladi.
Kunjara tarkibidagi kul 10%li xlorid kislotada erimaydigan chala kul va 10% li xlorid kislotada eriydigan sof kul bilan xarakterlanadi. Chala kul tarkibiga moyli urug'ning o'zidagi mineral moddalar va iflos aralashmalar bilan kirgan mineral moddalar kiradi. 10%li xlorid kislotada erimaydigan kul ma'lum miqdorda tekshirilayotgan materialning tashqi mineral moddalar bilan ifloslanishini xarakterlaydi. Bu moddalar (qum, tuproq va hok.) odatda 10%li xlorid kislotada erimaydi.
Chala kul va 10%li xlorid kislotada erimaydigan kul massalarining ayirmasi sof kul miqdorini ko'rsatadi. Sof kul tarkibiga asosan moyli urug'lardagi mineral moddalar kiradi. Ularning miqdoriy va sifat tarkibi urug' tabiatiga, uning o'sish sharoitiga, pishganlik darajasiga bog'liq. Sof kul massasi asosan P2O5, K2O, CaO va MgO lardan iborat. Bu moddalar umumiy kul miqdorini 90% ni tashkil etadi.
Moyli urug'lar tarkibida eng ko'p tarqalgan mineral elementlardan fosfor va ikkinchi o'rinda kaliy turadi. Bundan tashqari moyli urug'larda marganes birikmalari, mis, rux, litiy, vanadiy va boshqa elementlar ham uchrab turadi.



Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling