19-laboratoriya ishi ekstraksiya sexining tayyor, oraliq mahsulotlari va yordamchi materiallarni analiz qilish usullar Asbob, reaktiv va materiallar


Erituvchidagi namlikning massa ulushini aniqlash


Download 25.95 Kb.
bet6/6
Sana30.04.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1409268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19- 20-lab

21.3.Erituvchidagi namlikning massa ulushini aniqlash
Usul prinsipi. Bu usul Dina va Stark apparatida erituvchidan suvni haydashga asoslangan.
Asbob: Dina va Stark apparati.
Ishning bajarilishi. Benzin namunasi 3/4 qismgacha to'ldirilgan kolba yoki sklyankada 5 minut davomida yaxshilab aralashtiriladi.
Aralashtirilgan namunadan 100 ml olib, tozalangan va quritish shkafida quritilgan Dina va Stark apparati (rasm)ning kolbasiga quyiladi. Analiz namunasini og'irligi uni zichligini 100 ga ko'paytirilganiga teng.
Agar benzin tarkibida suv miqdori 10% dan ko'p bo'lsa, analiz namunasi shunday hisob bilan olinishi kerakki, haydalgan suv miqdori 10 ml dan kam bo'lishi kerak.
Kolbaga bir nechta shisha naycha yoki chinni bo'lakchasi solinadi.
Toza va quritilgan suv tutqich kolbaga po'kak yordamida biriktiriladi, bunda egri kesilgan trubkani uchi po'kak dan 15-20 mm chiqib turishi, ya'ni pastroqda bo'lishi kerak.
Suv tutqich po'kakli probka yordamida sovitgichga ulanadi, po’kakli probkadan erituvchi bug'i chiqib ketmasligi uchun maxsus eritma bilan mahkamlanadi va sovitgichni trubkasi paxta bilan yopiladi. Kolbani elektr-qizdirgich yordamida qizdiriladi va haydashni shunday tezlikda olib borish kerakki, sovitgichdan suv tutqichga 1 sekundda 2-4 tomchi suyuqlik tushishi kerak. Elektr-qizdirgichni qizdirishi reostat yordamida rostlanadi. Haydash jarayoni, suv tutqichda suvni sathi oʻzgarmay qolguncha va suv ustidagi benzin tiniq holga kelguncha davom ettiriladi. Odatda haydash vaqti 1 soat davom etadi. Kolba sovigandan keyin apparat yechiladi. Agar suv tutqichda suv miqdori ko'p bo'lmasa (0,3 ml gacha) erituvchi tiniq bo'lmasa, u holda erituvchini tiniqlashtirish uchun suv tutqich 60-70 °C li suv quyilgan idishda 20-30 minut davomida ushlab turiladi va xona haroratigacha sovitiladi. Namlikni massa ulushi X (% da) quyidagi formuladan aniqlanadi:
X=V*100/P
bu yerda: V - suv tutqichdagi suvni ml dagi miqdori,
R-analiz namunasini og'irligi, gr.
Hisoblashni soddalashtirish uchun suvni zichligi xona haroratida 1,0 ga teng deb qabul qilingan.
Analiz namunasi 100 + 1 gr bo'lganda, erituvchidagi suv miqdorini og'irlik foizi deb, suv tutqichda yig'iladigan suvni millilitrdagi miqdori qabul qilingan.
Namlik miqdori X hajmiy foizda quyidagi formula bilan hisoblanadi.

X=V*100/P1


bu yerda:V - suv tutqichdagi suvni millilitrdagi miqdori:
V1-benzinni millilitrdagi miqdori
Ikkita parallel aniqlashlarni farqi suv tutqichda suv egallab turgan qismini bir lagidan oshmasligi kerak. Suv miqdori 0,3 ml dan kam bo'lsa, u holda erituvchida suvni izlari bor deb qabul qilinadi.
Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling