Chala kulning massa ulushini aniqlash
Asboblar: mufel pechi; quritish shkafi; 2-sinf laboratoriya tarozisi; elektrisitkich, maydalagich; chinni tigellar.
Ishning bajarilishi. Maydalangan kunjara namunasi oldindan toblangan va tarozida tortilgan tigelga solinadi. Chala kul miqdorini aniqlanganda namuna 2gr, xlorid kislotada erimaydigan kul miqdorini aniqlaganda esa namuna 5gr olinadi.Ajratib olingan namuna tarozida 0,0001gr aniqlikda tortiladi.
Material yonib ketmasligi uchun kuydirish asta-sekin, ehtiyotkorlik bilan olib boriladi.Buning uchun tigel ustiga asbest qo'yilgan elektr-isitkichga qo'yiladi. Suv bug'lari va gazlar ajralishi tugagach namunani mufel pechiga olinadi va kuydirish to'liq kul hosil bo'lguncha davom ettiriladi. Kuydirish harorati 600-700°Cdan yuqori bo'lmasligi kerak, aks holda kul tarkibidagi ba'zi elementlar yo'qolishi mumkin. Masalan: fosforning nordon tuzlari yuqori haroratda erkin fosfor holatiga o'tib uchib ketishi mumkin. Oltingugurtning ma'lum qismi ham dioksidga aylanib uchib ketadi. 2 soat davomida kuydirgandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va tarozida tortiladi. So'nggi ikkita tortish o'rtasidagi farq 0,0004gr dan oshmaydigan bo'lguncha kuydirish davom ettiriladi.Takror kuydirish 30 daqiqa davom etadi.
Kunjaradagi chala kulning massa ulushi X (da) quyidagi formuladan aniqlanadi:
X=( m1 -m 2)*100/m (10)
bu yerda: m1 - tigelni kul bilan og'irligi, gr,
m2 -bo'sh tigelni og'irligi, gr,
m -kul miqdori aniqlanadigan kunjarani massasi, gr.
Kul miqdorini quruq moddaga nisbatan Xı qayta hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
X1 = X* 100/(100-V) (11)
bu yerda: V - kunjaradagi namlikning massa ulushi, %
20-LABORATORIYA ISHI
Erituvchi zichligini, fraksion tarkibini aniqlash
21.1.Erituvchining zichligini aniqlash
Erituvchining zichligi, bu standart bilan chegaralangan, ma'lum bir ma'noda erituvchining tarkibi va hajm birligidagi uning massasini (P kg/m3 yoki p g/sm3) bildiruvchi ko'rsatkichdir. Amaliyotda erituvchining solishtirma zichligi, ya'ni ma'lum bir hajmdagi erituvchining massasini suv massasiga nisbati aniqlanadi.
Erituvchining zichligi piknometr, gidrostatik tarozi va areometr yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |