19-laboratoriya ishi ekstraksiya sexining tayyor, oraliq mahsulotlari va yordamchi materiallarni analiz qilish usullar Asbob, reaktiv va materiallar


Download 25.95 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1409268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19- 20-lab

Gidrostatik tarozining tuzilishi. Gidrostatik tarozi (rasm) pasangi (5), teng bo’lmagan yelkali dastag (7), taglik (2), qalqovich (10) va og'irliklari R1=0,1gr, R2=0.01gr, R3=0,001gr, R4=0,0001gr ga teng bo'lgan maxsus toshlardan iborat, Dastagni o'ng tomonidagi prizma(6)da tebranuvchi uzun yelkasi, sonlar bilan helgilangan 10 ta bo'linishga ajratilgan. Dastak vertikal taglik(2)ga o'rnatilgan. Taglik aniq vertikal holatga vint (1) yordamida keltiriladi. Taglikni harakatdagi qismini ish uchun zarur balandlikda ushlab turish, mahkamlovchi vint (3) yordamida amalga oshiriladi.


Rasm. Gidrostatik tarozi. 1-asosdagi vint; 2-taglik; 3-taglikdagi mahkamlovchi vint, 4-o'tkir nish; 5-pasangi; 6-prizma; 7-dastak, 8-maxsus toshlar; 9-ilgak;10-qalqovich;11-shisha silindr.
Taglikning gorizontal qismining bukilgan chap tomonini oxirida dastakning pasangisini uchiga to'g'rima-to'g'ri joylashgan o'tkir nish (4) bor. Qalqovich va pasangi og'irliklari shunday olinganki, havoda, qo'shimcha yuksiz dastak muvozanat holda turadi.
Gidrostatik tarozi 20°Сda graduirlangan va shu haroratdagi suvni zichligiga nisbatan ko'rsatkichini beradi.
Gidrostatik tarozi yordamida zichlikni aniqlash Arximed qonuniga asoslangan.
Ishning bajarilishi. Asbob shunday tarzda o'rnatiladiki, dastak unga osilgan qalqovich bilan birga gorizontal holatda bo'lishi va taglikning bukilgan qismidagi o'tkir nish bilan pasangi, gorizontal chiziqda bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo'lishi kerak.
Shisha silindrga tahlil qilinayotgan erituvchi quyiladi. Uni tarozini ilgagi ostiga joylashtiriladi va unga qalqovich tushiriladi. Qalqovich silindr devorlariga va tagiga tegmasligi, erituvchiga to'la cho'kkan holda bo'lishi lozim. Qalqovich erituvchiga tushirilganda tarozini muvozanati buziladi va dastakni o'ng yelkasi ko'tariladi. Muvozanatni o'z holatiga keltirish uchun maxsus toshlardan foydalaniladi. Erituvchini harorati o'lchanadi, u 20°C ga teng bo'lishi kerak.
Dastakka osilgan toshlar og'irliklarini jamlab, izlanayotgan zichlik +0,001gr/sm3 aniqlikda topiladi va  dagi qiymat olinadi. Aniqlangan qiymatni  ga o'tkazish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.


= *Δ

bu yerda: -tadqiqot haroratida (20°C) topilgan erituvchini zichligi;


-20°C haroratdagi suvning zichligi,
Δ =0,99823
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0.002dan oshmasligi kerak.

Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling