19-laboratoriya ishi ekstraksiya sexining tayyor, oraliq mahsulotlari va yordamchi materiallarni analiz qilish usullar Asbob, reaktiv va materiallar


Zichlikni piknometr bilan aniqlash


Download 25.95 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1409268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19- 20-lab

21.1.1.Zichlikni piknometr bilan aniqlash
Asbob va idishlar: 2-sinf laboratoriya tarozisi, 20 yoki 25sm3li oddiy yoki kapillyar qopqoqli piknometr , 250 sm3 li kimyoviy stakan; 0.1°C darajali 50°C li termometr, pipetka, filtr qog'ozi.
Ishning bajarilishi. Zichlikni aniqlash uchun yaxshilab yuvilgan, quritilgan va analitik tarozida 0,0001gr aniqlikda tortilgan piknometr temperaturasi 20°C bo'lgan tekshirilayotgan erituvchi bilan tomizg'ich yordamida to'ldiriladi. Kapillyar tiqinli piknometr kapillyarning yuqorigi chetigacha erituvchi bilan to'ldiriladi, oddiy piknometr bo'g'zidagi belgidan yuqorigacha to'ldiriladi. Kapillyarli piknometr bilan ishlaganda erituvchi temperaturasi 20°Сdan kam bo'lmasligi kerak. So'ngra piknometrni suvli idishga solib, temperatura 20°C gacha ko'tariladi. Piknometrni suvli idishga shunday joylash kerakki, imkoni boricha uning ko'proq qismi suvga botsin. Idishdagi suv butun aniqlash vaqti mobaynida 20°C temperaturada bo'lishi kerak. Bu temperaturada piknometr belgi darajasi o'zgarishi to'xtaguncha (30 minutga yaqin) ushlab turiladi. Oddiy piknometrda erituvchi darajasi yuqori belgi bo'yicha belgilanadi. Ortiqcha erituvchi pipetka yoki karnaycha shaklida o'ralgan filtr qog'oz bilan olinadi. Keyin piknometr tashqi tarafdan yumshoq mato bilan yaxshilab artiladi va tortiladi. Kapillyar tiqinli piknometrlarda erituvchi kapillyardan chiqadi va ortiqchasi filtr qog'oz bilan olinadi.
Piknometr hajmidagi qaynatilgan va 20°С gacha sovitilgan distillangan suv og'irligi ham xuddi erituvchi og'irligidek aniqlanadi.
Zichlik quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:



bu yerda; m - bo'sh piknometr og'irligi, gr, m1 - erituvchini piknometr bilan
og'irligi, gr, m2- suvli piknometr og'irligi, gr, Δ20°Сda suvning zichligi Δ = 0,9982.
Ikkita parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,0004 gr/sm3 dan oshmasligi kerak.
21.1.2.Zichlikni gidrostatik tarozi bilan aniqlash
Asboblar: har xil og'irlikka ega bo'lgan maxsus toshlar bilan jihozlangan
gidrostatik tarozi, 100 sm3 sig'imli shisha silindr.

Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling