6. Dasgoh ishlab turgan vaqtda tezlikni o‘zgartirmaslik kerak.
7. Dasgohni qirindidan tozalashda cho‘tkadan foydalanish kerak.
Ishni bajarish tartibi:
1. 16K20 yo‘nish vintqirqar dastgohini ishlash jarayoni bilan tanishish. Bunda
boshqarish va sozlash elementlari o‘rganiladi. Yo‘nuvchi
kesgichlar va ularni
ishlatish jarayonlari bilan talabalarni tanishtirish.
2. Qanday vazifa qo‘yilganiga qarab kesgich tanlanadi va stanok sozlanadi.
3. Dastgohda qirqish, yo‘nish ishlari bajariladi.
Ish haqida hisobot.
Hisobotda bajariladigan ishdan maqsad, 16K20 modelli dastgohning umumiy
sxemasi, asosiy qismlarining vazifalari, bajarilgan ishlarning qisqacha tavsiloti va
sxemalar keltiriladi.
Nazorat savollari:
1. Yo‘nish dastgohi nima.
2. Yo‘nish dastgohida ishlatiladigan kesgichlar.
3. Kesgichlar qaysi materialdan tayyorlanadi.
4. Yo‘nish jarayonida kesish rejimlari nimalardan iborat.
Frezalash- freza deb ataladigan ko‘p tig‘li kesuvch i
asbob yordamida
tayyorlama kesib ishlash protsessi.
Vertikal va gorizontal frezalash dastgohlarida bajariladigan jarayonlar.
Frezalashda freza aylanadi (asosiy harakat), dastgohning stoliga o‘rnatilgan
tayyorlama esa frezaga tomon ilgarilama harakat-surish harakati qiladi.
Frezalash tashqi shakliga ko‘ra quyidagi gruppalarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: