Inovatsiyalar vazirligi


- Kosonsoy paxta tozalash AJ yetakchi mutaxassisi


Download 2.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana22.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1794309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
PTMA Tajriba 23.10.2023

- Kosonsoy paxta tozalash AJ yetakchi mutaxassisi 
Fanning ishchi o’quv dasturi Namangan muhandislik texnologiya instituti 
20___ yil “____” ____ dagi ____ - sоnli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Paxta 
tozalash mashinasozligi asoslari” fani dasturi asоsida tayyorlangan. 
 
Fan ishchi dasturi Namangan to’qimachilik sanoati instituti Kengashining 
2023 yil “___” ______________dagi “___” - sоnli bayoni bilan tasdiqlangan. 


1-Laboratoriya. 
Mavzu: Paxta tozalash mashinalari detallarini ishlab chiqarishda texnika 
xavfsizlik qoidalari va ular bilan tanishtirish hamda rasmiylashtirishni 
o’rganish. 
Ishdan maqsad: Paxta tozalash mashinalari detallarini ishlab chiqarishda 
texnika xavfsizlik qoidalari va ular bilan tanishtirish hamda rasmiylashtirish. 
Texnika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi. 
Paxta tozalash zavodlarida zamonaviy uskuna va texnikalardan foydalanib 
chigitli paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologik jarayonlarining 
qo’llanishi, 
uskunalar 
majmualarining 
«odam-mashina» 
tizimining 
murakkablashuviga va mehnat xususiyatlarning o’zgarishiga olib keldi. Bu esa o’z 
navbatida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga e’tiborni kuchaytirishni, mehnat 
jarayonida avval sezilmagan ishlab chiqarish xavflari va zararlarini hamda 
yangidan vujudga kelayotgan xavf va zararlar, omillarni doimiy ravishda 
o’rgatishni, ishlovchilarga xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitlarini yaratib berishni 
talab qiladi. 
Chigitli paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash, quritish, tozalash va 
boshqatdan qayta ishlash jarayonlarida foydalanilayotgan murakkab texnologik 
uskunalar, kichik mexanizatsiya vositalari yuqori bosimli gidravlik presslar va tez 
aylanuvchi mexanizmlar hamda arrali tsilindrlar, arrali va qoziqchali bababanlar 
bilan jihozlangan uskunalarning benuqson ishlashini, ishlab chiqarish jarayonlarida 
ko’p miqdorda zarur bo’lgan elektr quvvati, yoqilg’i va tabiiy gazdan 
foydalanilishi yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga alohida 
e’tibor berishni taqozo etadi. 
Amaldagi yong’in va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik, ishlab 
chiqrish jarayonlarida, ishchilarning hayotini xavf ostida qoldirib, oxir oqibatda 
baxtsiz hodisalar va katta miqdordagi moddiy zararli yong’inlar sodir bo’lishiga 
olib kelishi mumkin. 
Paxta tozalash zavodalariga mehnatni muhofaza qilish va mehnat 
xavfsizligini ta’minlashda quyidagi masalalar hal qilinadi: 

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling