Mahkamlash-jipslashtirish
rezbalari
germetiklik
talab
etiladigan
birikmalarda qo’llanadi. Odatda barcha mahkamlash rezbali detallar bir kirimli
tarzda bo’lishi tavsiya etiladi.
Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik
ishqalanish bilan tavsiflanuvchi trapesiyaviy (ba’zan esa to’g’riburchakli) profilga
egadir.
Rezbali birikmalarning afzalliklari:
yuqori yuklanish qobiliyati va ishonchliligi; turli ish sharoitlari uchun rezbali
detallar xillarining ko’pligi;
yig’ish va ajratishning qulayligi;
tannarxining nisbatan pastligi;
hamma o’lchamlarining standartlashtirilganligi va tayyorlash jarayonlarining
yuqori unumdorligi.
Rezbali birikmalarning kamchiliklari: rezbali birikmalarning asosiy
kamchiligi rezbali detallarning yuzalarida katta miqdordagi kuchlanishlar
jamlanishi o’choqlarining mavjudligi tufayli o’zgaruvchan kuchlanishlarga
chidamliligining yetarli emasligi va maxsus turdagi rezbali detallarni tayyorlash
texnologik jarayonining bir muncha murakkabligidir.
Mahkamlovchi rezbalar: uchburchak profilli metrik rezba – asosiy
mahkamlovchi rezba profili uchburchakli, rezbasining uchi va tubi doirasimon
bo’lgan quvur rezba doiraviy rezba yog’och uchun vint rezbasi Mahkamlovchi
rezbalar.
Vintli mexanizmlar rezbasi: a) to’g’ri burchakli b) trapesiyali simmetrik
c) trapesiyali nosimmetrik
Rezba profilini tanlash. Rezba profili ko’p omillar orqali aniqlanadi,
ulardan muhimlari: mustahkamlik, texnologiklik va rezbadagi ishqalanish kuchi.
Shunday ekan, mahkamlovchi rezba yuqori mustahkamlikka va mahkamlovchi
detallarni o’z-o’zidan buralib ketishidan saqlash uchun nisbatan katta ishqalanish
kuchga ega bo’lishi kerak. Vintli mexanizmlar rezbasi f.i.k. oshirish va yeyilishni
kamaytirish uchun kichik ishqalanish kuchili bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |