Inovatsiyalar vazirligi
CHigitli paxtani pnepmotransportda tashish
Download 2.33 Mb. Pdf ko'rish
|
PTMA Tajriba 23.10.2023
CHigitli paxtani pnepmotransportda tashish.
Pnevmotransport paxta tozalash sanoatida juda keng tarqalgan bo’lib, chigitli paxta va tolani tsexlararo va tsex ichida tashishda ishlatiladi. Pnevmortansport ikki xil: havo so’rish va havo haydash usullarida ishlaydi. so’rish sistemasida ventilyator trubadan havoni so’radi, shunda paxta havo bilan birga truba ichida harakatlanadi. Havo haydash sistemasida ventilyator havoni trubaga haydaydi va havo uzatilayotgap chigitli paxtani yoki chigitni o’zi bilan olib ketadi. Paxta tozalash sanoatida pnevmotransportning keng tarqalishiga asosiy sabab bu usulda chigitli paxta va uning mahsuloti tashilganda nobut bo’lishi, bundan tashqari, bu qurilma ixcham bo’lib, uning trubalarini zavod va paxta tayyorlash punktlari territoriyasida hohlagan yo’nalishda o’rnatish mumkin. Lekin pnevmotransport boshqa qurilmalarga nisbatan ko’proq energiya istehmol qiladi. Odatda pnevmotransport paxta tozalash zavodining hamma tsexlarida uzluksiz texnologik jarayonigi ulangan bo’lib, uning normal ishlashi paxta tozalash zavodi va quritish-tozalash tsexlarining ish unumiga katta tahsir qiladi. CHigitli paxta tashishda pnevmotransportning uzunligi har xil bo’lib, o’rnatilgan ventilyatorning tipiga qarab 250 metr gacha bo’lishi mumkin. SHuningdek qurilmaning ish unumi ham har xil bo’lib, soatiga 12 tonna na undan ortiq bo’lishi mumkin. 1- rasmda pnevmortansportniig har xil sistemada ishlash sxemalari keltirilgan. So’ruvchi pnevmotransport ustanovkasining sxemasi; I — chigitli paxta bunti; II-zavodnnng tozalash tsexi. Chigitli paxtani tsexga va tsexlararo tashishda, tola va lintni asosiy tsexdan press tsexiga tashishda so’ruvchi sistema a qo’llaniladi. CHigitni tashishda ko’proq havo haydash sistemasi qo’llaniladi. Agar linter batareyasida ko’p linterlar o’rnatilgan bo’lsa, aralash so’rish-haydash sistemasi v qo’llaniladi. Paxta tozalash sanoatida pnevmotransportiing asosan so’rish sistemasi qo’llaniladi. Bu qurilma (- rasm) quyidagi asosiy elementlardan: pnevmatik trubaga paxta uzatgich1, ish trubasi 2, separator 3, so’rish trubasi 4, ventilyator 5, ishlatilgan havoni chiqarish trubasi 6, tsiklon 7 dan iborat. Ventilyator ishlaganda so’ruvchi truba havoni so’rib oladi va natijada ish truba ichiga katta tezlikda havo kira boshlaydi. Qirayotgan havoga paxta qo’lda yoki mexanik uzatgich vositasida qo’shib yuboriladi. Havo paxtani muallaq holda o’zi bilan olib ketadi. Havo bilan aralashgan paxta separatorga 3 kelib tushgach, uning tezligp bir oz pasayadi. Tezlikning pasayishi natijasida paxta bo’laklari havodan ajrala boshlaydi va pastga vakuum-klapapga yo’naladi. Separatorda paxtadan ajralgan changli havo so’ruvchi truba 4 orkali ventilyator 5 ga kelib, undan chikarish trubasi 6 orkali tashqariga chiqa-riladi yoki tsiklon yoki maxsus havo tozalovchi filg’tr orkali tozalangan havo atmosferaga chikarib yuboriladi. Pnevmotransport trubalarining asosiy qismi 600-700 mm chuqurlikda yerga ko’milib, bularga paxta berish uchun uzunligi 3-4 metrli ko’chma trubalar va tirsaklar ulanadi. Asosiy trubaga tayuq ulash joylari (lyuklar) paxta saqlanadigan omborlarga yaqin bo’lishi kerak. So’rish trubasining yerga ko’milgal asosiy qism 2 mumkin qadar to’g’ri va gorizontal holda tirsaksiz bo’lishi kerak. Aks holda asosiy yo’lda burilishlar bo’lishi va uning gorizontal holda bo’lmasligi natijasida havoga ko’p qarshilik ko’rsatiladi va havo bo-simi sistemada kamayib ketadi. Asosiy yo’lda qalinlign 3 mm li po’lat tunuka yoki asbest tsementli trubalardan foydalaniladi. Ulanuvchi tarmoq trubalari va tirsaklar 1,0-1,5 mm li tunukadan yasaladi. Asosiy trubalarni temir yo’l va binolar ustidan o’tkazishga to’g’ri kelganda ularni, havoda estakada ustiga o’rnatiladi. Paxta tozalash sanoatida odatda diametri 400, 420, 450 mm li trubalardan va tsexlararo pnevmotransportda kam quritish-tozalash tsexlarida diametri 320-350 mm li trubalardan foydalaniladi. Trubalarning bir-biri bilan ulangan joylari va uzluksiz jarayonga ulangan boshqa trubalar sistemasi tashqi muhitdan jips yopiq bo’lishi shart. Paxta tozalash sanoatida asosan yuqori bosimli VTS markali markazdan qochirma ventilyatorlar ishlatiladi (- rasm). Markazdan kochirma ventilyator asosiy ish organi parrak 1, radial joylashgan kurakchalar 2 dan iborat bo’lib, ular tik diska 3 va parrak konus 4 ga maqkamlangan. Kurakchalarning pastki qismi chiqish teshigi aylanishiga qarab egilgan bo’lib, u havo kirishda bosim yo’qolishini kamaytiradi. Ventilyatorning ichki qismi ishqalanishdan tez yeyilgani uchun unga vaqt- vaqti bilan almashtiriladigan muhofaza moslama 7 o’rnatiladi. Markazdan qochirma ventilyatorlarning kojuxi buriladigan qilib yasalgan bo’lib, havo chiqish teshigidan 30° dan turli tomonga burish mumkin. Parraklar elektromotor 8 dan elastik mufta 9 orkali harakatga keltiriladi. Ventilyator podshipniklari 10 fundamentga mahqamlangan tumba ga o’rnatilgan. Markazdan qochirma tipdagi VTS- 8 M, VTS- 10 M va VTS- 12 M ventilyatorlarining asosiy konstruktiv o’lchamlari 1-jadvalda va paxta tozalash sanoatida ishlatiladigan ventilyatorlarning texnik xarakteristika 2- jadvalda keltirilgan. VTS- 10 M ventilyatori asosan tsexlararo va zavod ichida chigitlp paxta tashishda ishlatiladi. VTS- 12 A ventilyatorlari asosan paxta saqlanadigan joydan quritish-tozalash yoki tozalash tsexlariga chigitli paxtani tashishda ishlatiladi. VTS- 10 M va VTS- 12 M ventilyatorlarining konstruktsiyasi ularning so’rishga yo’naltiruvchi apparat o’rnatishga imkon beradi. Bu moslama ventilyatorning aerodinamik xarakteristikasini yaxshilab beradi. Bu holda ventilyatorning ish rejimi yo’naltiruvchi apparat yordamida rostlanadi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling