Inovatsiyalar vazirligi


-rasm Tish bosh qismi balandligi


Download 2.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana22.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1794309
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
PTMA Tajriba 23.10.2023

2-rasm Tish bosh qismi balandligi. 
 
Arralarga bo’lgan talab bir yilda 6 million donani tashkil qiladi. Tekislikdan
oqish 0,5mm dan oshmasligi kerak. 
Arra tayyorlamasi
Arra tayyorlanadigan po’lat metallurgiya kombinatida termik ishlov
berilgan holda, qattiqligi NRC=3035 olinadi. Bu o’z navbatida texnologik 
tayyorlash jarayonida bir qator qiyinchiliklar tug’diradi: qolgan ichki kuchlanish 
o’ta yuqoriligi tufayli rixtovka qilishni qiyinlashtiradi, arra tishlarini shtampovka 
qiladigan asbob (puanson-matritsa) jadal yediriladi, bu esa o’z navbatida
qirralarda qirovlar va shunga o’xshashalarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Listli po’lat buxtalarda eni 3305 mm holda tushadi. Arra tayyorlamasini 
olish uchun po’latli lenta o’ramdan ajratilib, maxsus dastgoxda to’g’rilanadi. 
Buxta belgilaydigan moslamaga o’rnatiladi, havo orqali tebranma qaychi 
yordamida lentani defektli oxirgi uchlari shakllantiriladi va qabul qiluvchi 
valiklarga uzatiladi. Keyin lenta to’g’rilovchi valiklardan o’tkazilib, havo 
yordamida ishlovchi pressga uzatiladi va tayyorlama yorib olinadi. 
Jin arrasi tishi 
Linter arrasi tishi 


press-avtomatda ikkita shakl beruvchi shtamp ketma-ket o’rnatiladi. 
Bittasi shponkali dungli teshikni ochish, ikkinchisi ochilgan sh’onkali teshikka 
asoslanib, arra diskini tashqi diametr bo’yicha yoradi. 
3-rasm. Jin arrasi tayyorlanmasi. 
Tayyorlamani ichki teshigiga nisbatan tashqi diametrini devorini har xilligi
0,5 mm dan oshmasligi kerak. Ichki teshik o’lchami kalibr-probka yordamida
nazorat qilinadi. Tashqi diametrni qirqilgandan keyingi o’lchami bo’yicha 
qirovlarni hosil bo’lgan-bo’lmaganligi ko’rib chiqiladi. 
Mexanik ishlov berish: Arra tishlarini shakllantirish va tishlarni balandligi 
bo’yicha ikki yon tomonlarini jilvirlashdan iboratdir. 
Tishlarni 
shakllantirish 
har-xil 
arra 
qirquvchi 
dastgohlarda
o’tkaziladi.(OPV, PNTS, Rotatsion tipli). OPV yoki PNTS dastgohlarida tishga 
ishlov berishda arra diski dastgoh sh’indeliga o’rnatiladi va o’ravka yordamida 
qisiladi. Dastgohni uzatmasi orqali krivoshipli - shatun mezanizmi yordamida
puasonga ilgarilama - qaytma harakat beriladi. Sh’endilni aylanma bo’luvchi 
harakati g’ildirak yordamida shu uzatma orqali amalga oshiriladi. 
Tishlar orasidagi chuqurchani shakli (20
0
30
1
) ikki matritsani shablon 
yordamida o’rnatishi natijasida hosil qilinadi. Puasonga ham kesiladigan 
chuqurchani shakliga o’xshash shakli beriladi. 
Puason minutiga 320 yurish qiladi va 280 ta tishni kesishda, dastgohni 
samaradorligi 65-70 arra/soat oraligida bo’ladi. 
Tishlarni shakllantirishda Puason va matritsa orasidagi tirqishni (zazorni) 
ahamiyati kattadir. Shuning uchun ular yedirilishga chidamli materiallardan
tayyorlanishi kerak. Odatda matritsa VK20, Puason R6M3 dan qilinadi. 
Puasonning chidamliligi 4-4,5 soat bo’lib, shu orada 300 dona tishga ishlov berishi 
mumkin. 


Bu dastgohlarni asosiy yetishmovchiligi - bo’luvchi mexanizmni noaniqligi 
bo’lib, tishlarni kesilib ketishi hollari, ya’ni yig’ma qadam hatoliklari yig’ilishi 
natijasida birinchi va oxirgi tishlar to’g’ri tushadi. 
Hozirgi kunda bu dastgohlarni o’rniga rotatsion ti’idagi aniq bo’luvchi, asosi 
qilib, chervyakli uzatmali arra kesuvchi dastgoh ishlab chiqilgan. Bu dastgoh 
ishlov berish tsiklini oxirida tishlarni kesilib ketishini to’liq oldini oladi. 
Dastgohni samardorligi 240 dona/soatdir. 
Keyingi operatsiya: tishni qalinligi va talab qilingan yuza g’adir-budurligini 
ta’minlash uchun tishni ikki yon tomonidan jilvirlash yo’li bilan faska olinadi. 
Jilvirlash maxsus karusel stolli tesik jilvirlash dastgohida o’tkaziladi. Jin 
arralarini qirovini tushirish va ishchi qirralarini silliqlash tebranma abrazivli 
qurilmada o’tkaziladi. Hamma ishlov berilgan arralar nazorat moslamasidan 
o’tkaziladi ular 1,5 mm tirqish, enli ikki tirgakdan iborat bo’lib, arralar o’z 
og’irligida ular orasidan o’tishi kerak. Lekin 60% gacha arralarni tekislikdan 
og’ishi ruxsat etilgan nazorat qiymatidan ortiq bo’ladi. Shuning uchun qo’shimcha
jarayon: arrani rixtovka qilish kirgiziladi, qaysiki odatda qo’lda bajariladi. 

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling