Inovatsiyalar vazirligi
Download 2.33 Mb. Pdf ko'rish
|
PTMA Tajriba 23.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arrali silindrning tuzilishi
jarayoni o’rganish.
Arrali silindr (1-rasm) arrali jinning asosiy ishchi organi hisoblanib, jinlash jarayonini, ya’ni tolani chigitdan ajratish jarayonini bajaradi. U 80 va 130 arrali disklar (1), arra qistirmalari (2), arra vali (3), qisqich shayba (4) va podshipniklardan (5) iborat. Arrali silindrga quyidagi texnologik talablar qo’yiladi: - Arra tishlarini tolani ilish qobiliyati yuqori bo’lishi kerak; -Arrali diskalar valga mahkamlangan bo’lib, ish vaqtida o’zining holatini o’zgartirmay kolosnikli panjara orasida o’tishi kerak. Buning uchun valning uzunligi bo’yicha yo’nilgan ariqchaga arra diski teshigidagi tilga kirib turadi va arrali diskning valda aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Arrali val uzunligining o’rtasiga qo’zg’almas shayba o’rnatilgan bo’lib, bunda ikki tomonga qarab arra diskalari diametri 162 mm yoki 180 mm bo’lgan qistirmalar bilan navbatlanib terib chiqiladi. Tola arra tishlaridan aylanuvchi cho’tkali baraban bilan yoki soplodan arrali silindrga yo’naltirilgan havo oqimi bilan ajratiladi. Arrali jin havo soplosining o’rnatilish joyiga qarab tolani yuqoridan yoki pastdan ajratadigan jinlarga bo’linadi. Tolaning uchish tezligi amalda 3 m/sek, arra tishining chiziqli tezligi esa V t =12 m/cek bo’lgani uchun tolani ajratuvchi havo oqimining tezligi 20 m/sek bo’lishi kerak. Lekin, haqiqatda soplodan chiqadigan havo oqimining tezligi 6570 m/sek ga teng qilib olinadi. Arrali silindrning tuzilishi 1 - arrali silindr o’qi; 2 - arra disklari; 3 - arra qistirmalari; 4 - gayka; 5 - podshibnik, 6 - qistirma shayba. Tola ajratish moslamasining ish samaradorligining havo soplosining kengligiga, aktiv havo oqimining soplodan chiqish tezligiga, arra tishlarining havo oqimida bo’lish vaqtiga, havo yo’naltiruvchi qismining uzunligi va egriligiga, ejeksiya koeffisientiga tola bilan havo oqimini qabul qiluvchi teshikning shakli va o’rniga bog’liq. Soplo teshigining kengligi aktiv havo oqimining vaqt birligida hajmiy sarfga bog’liq bo’lib, tola ajratkichga ta’sir qiladi. Havo sarfini kamaytirish, aktiv hamda ejeksion havo oqimlarining aralashuvini yaxshilash uchun aktiv havo oqimi mumkin qadar ingichka bo’lishi kerak. Lekin soplo teshigi 55,5 mm kam yoki katta bo’lmasligi kerak. Jin va linterlardan foydalanish tajribasi shuni ko’rsatdiki, faqat arra silindri to’g’ri terilgan va texnologik tirqish oraliqlarlar to’gri sozlangandagina mashinalar to’xtovsiz ishlab, yuqori sifatli paxta mahsulotlarini beradi. Arra ta’mirlash sehida arrali silidrlarni yig’ish uchaskasi ko’zda tutilgan bo’lib, unga quyidagi ehtiyot qismlarni o’rnatish tavsiya qilinadi: -jinlar qatori uchun (1 ta), linter qatori uchun (2-4 ta) va tola tozalagichlar uchun komplekt (arrali silindrlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi vallari) arra silindrini; -jin qatorlari uchun (1 komplekt), hamma linterlar uchun (2 kom’lekt) va tola tozalagichlar ucun (uchta kolosnikli panjalardan 1 komplekt) kolosnikli panjaralar. Shuningdek, yig’ilgan silindrni ta’mirlash uchun reykalar o’rnatiladi. Jin va linterlarning arrali silindrini yig’ishdan oldin barcha arra qistirmalarini va vallarni chang hamda g’arddan tozalab, ularning o’lchamlarini tekshirish lozim. Valga yigiladian arralar bir xil diametrli bo’lishi kerak. Valga faqat o’lchami belgilangan diametri + 0,5 mm dan oshmaydigan arralarni yigishga ruxsat etiladi. DP-130 tipidagi uchta jinlar qatori bilan jihozlangan paxta tozalash korxonalarida ichki teshigi diametri 100 mm bo’lgan arra disklaridan foydalanish tartibi quyidagicha: - birinchi jin 320 mm diametrli yangi arralardan foydalanishga sozlanadi; - ikkinchi jin 310 mm gacha diametrli bir marta tish chiqarilgan arralardan foydalanishga sozlanadi. - uchunchi jin 300 mm diametrli arralardan ikkinchi marta tish chiqarilgandan keyin foydalanishga sozlanadi. Har bir jin unga biriktirilgan diametrdagi arralarga sozlanadi. Bu talablarga rioya etish shart bo’lib, paxta zavodlarida DP-130 jinlari uchun ishlatiladigan yangi arralar sarfini uch barobar qisqartirish imqonini beradi. Linter qatorida bitta linter birinchi yoki ikkinchi momiq ajratishda uch marta tish ochilgan arralarga sozlanadi. Shu maqsadda quyidagilarni tayyorlash lozim: - arralarni o’rnatish uchun diametri (100-0,07 ) mm bo’lgan linter arrali silindrni bitta vali; - linter uchun o’rnatish teshigi o’lchami (100-0,07) mm bo’lgan arralar orasidagi qistirma kom’lekti. Bu qistirmalar 3XDDM tipidagi jinlarning arralari orasidagi qistirmalaridan tayyorlanadi. Shu arra va qistirmalardan yig’ilgan arrali silindr har doim ayni shu linterda foydalaniladi. Arralar orasidagi qistirmalar alyuminiy qotishmalalaridan tayyorlanadi, ularning o’lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. Arralar orasidagi qistirmalar, ularning o’lchamlari Mashina Tirqishlar diametric, mm Qistirma qalinligi , mm Jin 86 arrali 61,8 17,05±0,01-0,01 130 arrali 100,0 17,05±0,01-0,04 Linter 160 arrali 61,8 8,75±0.05 Eslatma, hamma mashinalardagi qistirmalar diametri -160mm Arralar orasidagi qistirmalarni valga yig’ishdan oldin tekshirish kerak. Arralar orasidagi qistirmalarni qalinligi chegaraviy kalibr bilan aniqlanadi. Arrali vallarni vaqti-vaqtida 15-20 marta almashtirilganidan keyin tokarlik dastgohida tekshrib turish va radial urish 2 mm dan ortiq bolganida brak qilish kerak. Arrali silindrlarni reykalari tirqishlari kengligi 1,5 (±0,1) mm li standart reyka boyicha tanlash kerak. Reykada tirqishlar qadami 86 va 130 arrali jinlar uchun 18,00 (±0,05) mm ni, 160 arrali linterlar uchun esa 9,70 (±0,005) ni tashkil qilishi kerak. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling