Inovatsiyalar vazirligi
Arrali silindr valining tuzilishi
Download 2.33 Mb. Pdf ko'rish
|
PTMA Tajriba 23.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja 1. Jin va linter kolosniklarini ishlatilishi va tuzilishi. 2. Jin va linter kolosniklarini tayyorlash texnologiyalari. Kolosnikli panjara.
Arrali silindr valining tuzilishi
Val quyidagicha tayyorlanadi: birinchi val tayyorlamasi po’lat g’o’ladan kesib olinadi. Valni tayyorlash texnologik jarayoni 9 ta operatsiyadan iboratdir. 1-jarayon - tokarlik stanogida valning 2 tomonidan uning ko’ndalang kesimi o’rtasi (avtomatik tarzda, stanokda) aniqlanadi va shu nuqtalarda 1-2 mm chuqurlikda o’yiqlar ochiladi. Bu jarayonlarda detalni asoslash xomaki yuza orqali o’zi markazlashtruvchi patronga o’rnatiladi. 2-jarayon: valning ko’ndalang o’lchamlarini ishci chizma (loyiha) asosida kesib, tayyorlash operatsiyasidir. 3-jarayon: markazsiz jilvirlash operatsiyasi bo’lib, bunda val hamma shakli bo’yicha jilvirlanadi. Bunda asoslovchi yuza bo’lib detalni butun yuzasi ishtirok etadi. 4-jarayon: valning ishchi qismi 2 yonida arralar paketini qotiruvchi gaykalar uchun rezba ochiladi. 5- jarayon: valning ishchi qismida arralar tili uchun uzuasiga va valning 2 chetida sh’onkalar uchun o’yiqlar ochiladi. 6- jarayon: ocilgan o’yiqlar va rezba izlari jilvirlanadi. 7- jarayon: valning 2 cheti va diametri o’zgargan joylarda faska kesiladi. 8 -chi operatsiyada valga oxirgi jilvirlash jarayoni amalga oshiriladi. 7-Laboratoriya ishi Mavzu: Jin va linter arralari o’rtasidagi tiqinlar va kolosniklarni tayyorlashning texnologik marshrutini tuzish. Ishdan maqsad: Jin kolosniklarini v azifasi va ularning mexanik ishlov berish texnologik marshrutini tuzishni o’rganish. Reja 1. Jin va linter kolosniklarini ishlatilishi va tuzilishi. 2. Jin va linter kolosniklarini tayyorlash texnologiyalari. Kolosnikli panjara. Kolosnikli panjara arrali jin ish kamerasining muhim qismlaridan biridir. U arra disklarini kolosniklar orasidan ish kamerasiga erkin o’tkazib, arra tishlariga ilingan tolalarni chigitdan ajralgandan keyin erkin olib chiqib ketish uchun xizmat qiladi. Kolosniklar SCH – 15 – 32 markali cho’yanlardan quyib yasaladi. Ularning ishchi sirtlari maxsus dastgohlarda ishlab ma’lum shaklga keltiriladi. Kolosnikning sirti termik ishlov berib, qattiqligi oshiriladi. Arrali jinlarning normal ishlashi uchun kolosnikli panjaraning ishchi sirti tekis, o’nqir-cho’nqiri yo’q va kolosniklar orasi ish zonasida 3 - 0,2 mm, yuqori hamda pastki qismi esa 4,5÷0,2 mm, yuqori hamda pastki qismi esa 4,5-5 mm bo’lishi kerak. 1-rasm. Qobirg’ali panjara 1 – peshtoq brus; 2 – kolosnikli panjara; 3 – yuqori brus; 4 – pastki brus; 5 – arrali silindr; 6 - qistirma; 7 - korpus. Paxta bo’lakchalarining chiziqli tezligi paxta valigining sirtida bu tartibda o’zgarib turishi paxta valigini tashkil qiluvchi paxta bo’lakchalarining ichki siljishi bo’lganini va ishchi kamerasidagi paxta bo’lakchalari dinamikasining ancha murakkab ekanligini ko’rsatadi. Qobirg’ali panjara arrali jin ishchi kamerasining muhim qismlaridan biridir. U arra diskalarini qobirg’alar orasidan ishchi kameraga erkin o’tkazib, arra tishlariga ilingan tolalarni chigitidan ajralgandan keyin erkin olib chiqib ketishi uchun xizmat qiladi. Qobirg’ali panjara ayrim qobirg’a (2) lardan (1-rasm) tuzilgan bo’lib, ular peshtoq brus (1) bilan birga ishchi kameraning profilini tashkil qiladi. Qobirg’alar yuqori brus (8) va pastki brus (3) ga maxsus vintlar bilan biriktiriladi. Qobirg’a SCH-15-32 rusumli cho’yandan qo’shib yasaladi. Jin va linter kolosniklarini ishlatilishi. Kolosnikli panjara arrali val bilan birgalikda jin va linter mashinalarini asosiy ishchi qismlari hisoblanadi. Arra tishlari tolani chigitdan ajratishda va keyingi tolani kolosnikli panjarani tashqarisiga olib chiqishda chigit unda ushlab qolinadi. Bu funktsiyadan tashqari kolosnikli panjara zich paxta yoki chigitli valiklarni hosil qilishda ishchi kamerani bir qismini shakllantiradi hamda tozalangan chigitni o’zi bo’ylab sirpanib, mashinadan chiqishiga yordam beradi. Buning uchun kerakli egrilik radiusi bo’yicha kolosnikli panjaraga ma’lum bo’ylama shakl beriladi. Jin mashinalarini kolosnikli ‘anjarasi alohida kolosniklardan tashkil to’ib, ikkita vint yordamida yo’iladi, linter mashinalarini kolosniklari sektsiyali hamda brusdagi tishli reykaga o’rnatilib, umumiy ‘lanka yordamida siqiladi. 2-rasm. Jin ishchi kamerasi sxemasi. 3-rasm. Linterning ishchi kamerasi sxemasi Kolosniklarni tayyorlash texnologiyasi. Kolosnik uzun, qiyshiq chiziqli sterjen ko’rinishida bo’lib, kichkina ko’ndalang kesimga ega. Sch markali kul cho’yanni eritib, qumli shaklga qo’yib olish yo’li bilan tayyorlanadi. Kolosnikni ishchi qismida, ya’ni tolani chigitdan ajaratadigan joyida 2 mm chuqurlikda cho’yanni oqartirish uchun quyma texnologiyasida suv bilan sovitiladigan maxsus sovutgich o’rnatiladi. Buni natijasida kolosnikni ishchi qismini yedirilish qobiliyati hamda qattiqligi (RC 40) oshadi. Bu joy kolosnikni uch qismidan 25-30 mm pastroqda bo’lib, umumiy uzunligi 55 mm ga tengdir. Yuza g’adir-budurligi 6 klass orasida bo’lib, R a kriteriyasi bo’yicha yuza notekisliklarini qiymati 1,25-2,5 mkm ga tengdir. O’ta muhim talablardan biri - bu kolosnikli panjarani yig’ishda kolosniklar orasidagi masofani bir xil ushlash hamda bu oraliq markaziga arralarni bir xil joylashishini ta’minlashdir. Har qanday boshqa joylashish arrani kolosnikni yon yuzasiga tegishiga olib keladi va kolosnikni ikki yon tomonidan birini yedirilib ketishiga hamda tolani mexanik zararlanishiga sabab bo’ladi. Bu talabni qondirish uchun kolosnikni tepa qismini (lapka) eniga berilgan yuzani 0,11 mm gacha kamaytirish oqibatida erishish mumkin. Linter kolosniklarini yig’ishda mahkamlash yuqori brusdagi tishli reykaga o’rnatish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun yuqoridagi talabni qondirish tishli reykani qadamini tayyorlash aniqligiga bog’liqdir. Shuni qayd qilish kerakki, kolosniklarga bo’lgan talab kattadir. paxta tozalash sanoatini bir me’yorda ishlashini ta’minlash uchun har yili 700-800 ming jin va 1,5 mln linter kolosniklari ehtiyot qismlar ko’rinishida talab qilinadi. To’rt shpindelli agregat dastgoxda kolosnikni ikki yon tomonlarini va yuqori, pastki lapkani asosini jilvirlash. Bunda kolosnikni uzunligi va yuqori pastki lapkalarni balandliklarini ayirmasini o’lchami ushlanadi. Maxsus ko’chirma-jilvirlash dastgoxida kolosnikni yuqori (ishchi) egri chiziqli yuzi jilvirlanadi. Bu ishlash jarayonlari xomaki ishlov berish xarakteridadir, chunki kolosnikni yuza ko’ndalang yo’nalishda to’g’ri chiziqli ko’rinishga ega bo’ladi, ishchi yuzani tozaligi 4-5 klass oralig’ida bo’ladi. Kolosnikni oldingi ishchi yuzasini jilvirlash usuli bilan oxirgi pardozlash jarayonini berish. Gorizontal frezlash dastgoxida lapkada 300 burchak ostida eni 10 mm pazni frezerovka qilish. parmalovchi yarim avtomatda maxkamlanadigan teshikni parmalash va zentovka qilish. Kolosnikni yon tomonlarida yuqori va pastki qatlamlarini og’ishini jilvirlash. Og’irlikni hosil qilishdan maqsad kolosnikni yuqori qismida oraliqni biroz kengaytirish bilan jinlashda tolani ishchi qismda tiqilib qolishini oldini olishdir. Pastki qismda esa kolosniklarni oraliqlarini kengayishi arrani kolosnikka tegishini oldini oladi. Hozirgi kunda kolosnikli panjaralarni konstruktsiyalarini va texnologiyasini kamchilligi: Kolosniklarli tayyorlanmalarni tayyorlash texnologiyasi kolosnikli panjaralarni konstruktsiyalariga qo’yilgan talabni qoniqtirmaydi. Quyish jarayonida sezilarli qiyshayish hosil bo’lib, qaysiki mexanik ishlov berish yo’li bilan ham to’g’rilab bo’lmaydi. Ishchi qismni oqartirish chuqurligi bir xil hosil bo’ladi. Shuning uchun kolosniklar quyishdan keyin yaroqsiz bo’lib, qaytadan quyishga yuboriladi. Bundan qutilish uchun quyidagi imkoniyatlar qidirilgan: kolosniklarni kokil usuli bilan quyish, bunda katta ichki kuchlanishlar hosil bo’lishi oqibatida kolosniklar mexanik ishlov berishda yoki yig’ishda singan. Alyuminiy qotishmasidan yuqori bosim quyma kolosnik tayyorlangan. Lekin ular tolani ko’rinish sifatiga yomon ta’sir etib, paxtani kolosnikni ishchi qismi bilan o’zaro ta’sirida alyuminni uzluksiz oksidlanishi oqibatida tolani bo’g’iq rangga bo’yalishiga sabab bo’lgan. 1. Mexanik ishlov berishda egri chiziqli radiusni aniq hosil qilish juda qiyin bo’lib, ruxsat etilgan (0,5 mm norma o’rniga (0,7 mmdan to 1,5mm oraliqda hosil bo’ladi. Ishchi qismni enini ruxsat etilgan ijozat oralig’i 40-45 %, kolosniklarda hosil bo’ladi. Kolosniklar orasidagi tirqish faqatgina 35-40 % hollarda ijozat oralig’ida bo’ladi. Bunga sabab kolosniklar konstruktsiyalarini mukammal emasligi, tayyorlash va yig’ish ishlarini aniqligi pastligidir. 2. Ekspulatatsiya qilish jarayonida ishchi qismda yon tomonlarni tirqishlarnini yedirilishi kattalashadi. 3-4 oylik ekspulatatsiya qilishdan keyin kolosnikli panjaralarda 70-80 % tirqishlar ruxsat etilgan ijozatlardan chiqib ketadi. Yuqorida qayd qilingan kamchilliklar kolosnikli panjarani konstruktsiyasini texnologiyasini o’ta past darajadaligini ko’rsatadi. Hozirgi kunda bir qator yangi konstruktsiyalar tavsiya etilgan. Ishchi qismi almashtiriladigan kolosniklar, bunda metallokeramikali plastinka o’rnatish mumkin, sektsiyali, po’latli kolosniklar. Shuni qayd qilish lozimki, hozirgacha tavsiya etilgan konstruktsiyalardan biron-biri korxonada joriy qilinmagan. Bular ichida keyinchalik qo’llanilishi mumkin shtampovka yoki shakllantirish yo’li bilan olinadigan po’latli kolosniklardir. Nazorat savollari. 1. Jin kolosnigini ishlash ‘rintsi’i, uni ta’mirlash texnologiyasi? 2. Linter kolosnigini ishlash ‘rintsi’i, uni ta’mirlash texnologiyasi? Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling