Inovatsiyalar vazirligi


Arralarni ta’mirlash bo’limi va uning ahamiyati


Download 2.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/37
Sana22.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1794309
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
PTMA Tajriba 23.10.2023

Arralarni ta’mirlash bo’limi va uning ahamiyati
Bu tsexning asosiy vazifasi arralarni ta’mirlash ishlarini olib borishdir. 
Ta’mirlash ishlari yuqori darajada va to’g’ri tashkil qilinsa ‘axta xom-ashyosidan 
yuqori sifatli tolalarni ishlab chiqariladi. 
Arralarni, qobirg’alarni va arralar oralaridagi qistirmalarni ta’mirlash va
ularni yig’ish arralarni ta’mirlash bo’limida amalga oshiriladi, hamda ular bir 
qatorli ‘axta zavodi hisobida quyidagi jihozlar va o’lchov asboblari bilan 
ta’minlangan bo’lishi kerak: 
1. PNTSM yoki SPX rusumli tish kertgich dastgohlari, tola ajratgich va momiq 
ajratkichlardagi arralar uchun-3 dona. 
2.Charxlagich moslamasi, dastgoh uchun- 1 dona. 
3.PTA-M2 rusumli avtomatik arra charxlagich, arrali tola ajratkichlarning va 
momiq ajratkichlarning o’tmas bo’lib qolgan tishlarini charxlash uchun-3 dona. 
4.VP rusumli qumli idish, arra tishlarini silliqlash uchun -2 dona. 
5.Tola ajratkichning ishlatishga tayyor qovirgali panjarasi -1 dona. 
6.Momiq ajratkichning ishlatishga tayyor qovirgali ‘anjarasi -2 dona. 
7.Tola ajratkich uchun ishlatishga tayyor arralar yig’indisi-1 dona. 
8.Momiq ajratkich uchun ishlatishga tayyor arralar yig’indisi -12 dona. 
9.ZB 663 rusumli charxlovchi dastgox, qobirg’alarni tekistlash uchun-1 dona. 
10.Tirqishlarni, oraliqni va yondan ko’rinishini tekshiruvchi, solishtiruvchi 
kolip (namuna) va o’lchamlari to’plami-1 donadan. 
Tola va momiq ajratkichlarda yangi aylanasi 320 mm ga teng arralar bilan
bir qatorda kertilgan va charxlangan arralar ham ishlatiladi. Bir xil aylanadagi 
arralar shunga mo’ljallangan mashinalarda ishlatiladi. Arralarni almashtirish vaqti
tola ajratkichda, agarda yuqori navlarda ishlasa 96 soatdan so’ng, ‘ast navlarda
ishlasa 72 soatdan so’ng. Momiq ajratkichlarda esa 48 soatdan so’ng 
almashtiriladi. 


Agarda chiqayotgan chigitlarning tukdorligi yoki toladorligi andozadan 
yuqori bo’lsa, bunda arralar shu zaxoti almashtirilishi kerak, qancha 
ishlaganidan qathiy nazar, chunki arralar tishi singan yoki o’tmas bo’lib qolgan 
bo’ladi. 
Bunday shikastlanishlarni ko’z bilan qarab belgilanadi. Agarda butun arra 
aylanasi bo’yicha 10-15 tishlar singan bo’lsa yoki 4 tish ketma-ket singan
bo’lsa, yoki ular arralar yig’indisining bir joyida bo’lsa, almashtiriladi, agarda 
har xil joyda bo’lib, umumiy yig’indisi 10 % dan oshmasa, unda tishlar shu
turishda avtomat tish charxlagichda charxlanib ishlatilaveriladi. Agarda 
shikastlangan arra tishlari yuqoridagi ko’rsatkichlardan ko’p bo’lsa, unda arralar 
yig’indisi ajratilib, bunday arralar kertish uchun yuboriladi. 
Kertish jarayoni arralarni uch marta charxlagandan so’ng amalga oshiriladi. 
Yangi va kertilgan arra tishlarining o’lchami quyidagicha: 
Arralar tishini kertishdan so’ng albatta mayda qirindilarni tozalash 
kerak. Arra tishlarining yon ko’rinishi va tishning o’lchamlari kertishdan va 
charxlashdan so’ng, xuddi yangi arra tishlariga mos holda bo’lishi kerak. 
Hamma arralar kertish va charxlashdan so’ng, albatta qum idishida 
silliqlanishi kerak. Tola tozalagichlarning arralari yuqorida ko’satilgan
kamchiliklar bo’lsagina almashtiriladi, bo’lmasa bir mavsumda bir marta 
almashtiriladi. Almashtirish uchun yig’ilgan, tayyor va aylanasi tenglashtirilgan
har bir bosqich uchun alohida arralar yig’indisi ishlatiladi. 
Arra, qobiqlar va arralar orasiga qo’yiladigan qistirmalarning sarf bo’lish 
miqdori. 
Arralar yig’indisi, qovirg’ali ‘anjaralar tayyorlab qo’yiladi. Bularning
hammasi ‘axta tozalash korxonalarini ishlatish bo’yicha ko’rsatmada 
belgilangan.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling