Chigitli paxta uchun pnevmotransportni hisoblash
Pnevmotransportni hisoblash paxta tashuvchi havo tezligini tanlash, havo sarfini
aniqlash va pnevmatik sistemada bosimning yo’qolishini hisoblab chiqishdan iborat.
Yuqoridagi parametrlarga asosan ventilyator tanlanadi va uning ish rejimi hamda
ventilyatorni yurituvchi elektr dvigatelining quvvati aniqlanadi.
Ish trubkasidagi havo tezligini tanlash.
Chigitli paxtani trubalarning gorizontal va vertikal uchastkalarida yaxshi tashish
uchun havo tezligi shu paxtaning muallaq holatda bo’lishini tahminlashi shart. Paxtaning
truba ichidagi havo oqimida muallaq holatda bo’lishi uchun shu havo oqimining
paxtaga bosimi paxta og’irligiga teng bo’lishi kerak Bu shartga asosan muallaq tezlik
quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Agar sistemaga 24 TL markali toshushlagich ulangan bo’lsa, u yerda umumiy havo
sarfi miqdoriga yana qo’shimcha 0,3 m
3
/s havo qo’shiladi.
Pnevmotransport uskunalarida bosimning yo’qolishini aniqlash
Paxta bilan havo aralashmasi harakatlanayotganda uning truba devorlariga
ishqalanishi, urilishi va girdobli harakatlanishi natijasida bosim yo’qotiladi. Trubadan
toza havo o’tayotganda ishqalanish natijasida bosimning bir metr uzunlikda
yo’qotilishi quyidagi formula bilan topiladi.
Ishqalanish koeffitsienti havoning harakatlanish rejimiga va truba ichining
g’adir- budurligiga bog’liq;
Bosimning mahalliy yo’qolishi pnevmotransport trubasiga paxta uzatishda va
unga havo kirishida bosimning bir qismi paxtani so’rish uchun havoga yetarli
tezlik berish uchun sarf bo’lsa, yana bir qismi truba uchining qarshiligini
yengishga sarf bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |