CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
96
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
DETALLARNI KESISHDA SOVUTISH-MOYLASH SUYUQLIGINI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Xusanboy Baxtiyor
o‘g‘li Xaydarov
Oybek Abdullajonovich
Abdujabborov
Mavlyudaxon Maxamadjonovna
Xodjimuxamedova
Andijon mashinasozlik instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada hozirgi zamon mashinasozligida metallarni va metallmas
materiallarni
kesib ishlash jarayoni,metallarga mexanik ishlov berishning usullari, bu
jarayonda ishlatiladigan har xil jihozlar va kesuvchi asboblar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Mashinasozlik sanoati, sovutish-moylash suyuqligi tarkiblari,
melal kesish dastgohlari,tokarlik va kesish dastgohlarida ishlatiladigan keskichlar.
STUDY OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE LUBRICANT-
COOLING LIQUID WHEN CUTTING PARTS
ABSTRACT
This article will tell about the process of cutting metals and non-metallic materials
in modern mechanical engineering, about
the methods of metal machining, about
various equipment and cutting tools used in this process.
Key words: Mechanical engineering, coolant (lubricating fluid), cutters used in
lathes and cutting machines.
KIRISH
Mashinasozlik xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri deb hisoblanadi.
Uning mahsulotlaridan foydalangan holda boshqa tarmoqlar rivojlanadi.
Mashinalarni
loyihalash va ishlab chiqarish mashinasozlikning asosini tashkil etadi. Ular ish
unumdorligini, mehnat samaradorligini va mahsulot sifatini oshiradilar.
Zamonaviy mashinalarga yuqori talablar qo‘yilgan. Bu talablardan asosiylari:
yuqori
aniqlik va tezlik; issiqlikka chidamlilik; kichik vazn va hajm; mustahkamlik va
ishonchlilikdir.
Bunday talablarni oshib borishi mashinasozlar oldiga murakkab konstruktorlik va
texnologik savollarni qisqa vaqt ichida echish masalasini qo‘ymoqda. O‘zining turmush
hayotida metall buyumlardan foydalana boshlangandan beri odamlar uni quyish, ishlov
berish va undan foydali yig‘ma hosil qilishga harakat qilganlar.