Detallarni kesishda sovutish-moylash suyuqligini samaradorligini oshirish usullari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana21.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1106719
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
detallarni-kesishda-sovutish-moylash-suyuqligini-samaradorligini-oshirish-usullari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
97 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
ASOSIY QISM 
Hozirgi zamon mashinasozligida metallarni va metallmas materiallarni kesib 
ishlash jarayoni xilma xildir. Metallarga mexanik ishlov berishning usullari ko‘p. 
Buning uchun har xil jihozlar va kesuvchi asboblar ishlatiladi. Masalan, metall qirqish 
dastgohlari XII asrdayoq paydo bo‘lgan. 
Metall qirqish stanoklar deb metall va boshqa konstruksion materiallardan 
tayyorlangan zagotovkalardan metall qirqish asboblar yordamida qirindi olib kesib 
ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalarga 
aytiladi. 
Hozirgi zamon metall qirqish stanoklari juda murakkab texnologik jarayonlarpi 
bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yuqori sifatli va aniq detallarni 
ishlab chiqarish texnologiyasidagi katta yutuqlarning mavjudligi, kam chiqindili yoki 
chiqindisiz texnologiyani qo`llanishiga qaramay kesib ishlash va unga mos ravishda 
metall qirqish stanoklarning mashinasozlikdagi ahamiyati pasaymayapti. Zamonaviy 
stanoklarda soatlar va priborlarning eng kichik elementlaridan tortib, turbina, teploxod, 
prokat stanlari va boshqalarni, o‘lchamlari bir necha metrlarga eytadigan detallariga 
ishlov beriladi. Shu tufayli stanoklarning gabaritlari ham har xildir. Ularning tarkibiga 
juda ko‘p mexanizmlar kirib, ular turli harakatlarni amalga oshirish va ish siklini 
boshqarish maqsadida mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi. 
Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to‘xtovsiz rivojlanib bormoqda. 
Stanoklarning aniqligi, quvvati, ish unumdorligi, ishonchliligi va uzoq muddat ishlay 
olish ko‘rsatkichlari yaxshilanib bormoqda. 
Ularning ekspluatatsion xarakteristikalari zamon talablariga moslashmoqda
texnologik 
imkoniyatlari 
kengaymoqda, 
kompanovka 
va 
shakllari 
mukammallashmoqda. Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sohalarini ish unumdorligi 
yuqori va eng sifatli stanoklar biIan qurollantirib turish imkoniyatini yaratadi. 
Sovutish-moylash suyuqliklari tarkibini tanlashda suyuqlik asbob va keskich 
materiallarini yaxshi namlashi, materiallar ichiga kirishi yaxshi bo‘lishini inobatga olish 
kerak. Detalll va asboblarning yuzalarini suyuqlikning yaxshi namlashi xususiyati,
Sovutish-moylash 
suyuqliklarini 
yog‘lash, yuvish, sovutish, o‘zgaruvchanlik 
xususiyatlarini 
shakllanishiga 
dastlabki 
shart-sharoit 
xisoblanadi. 
Yomon 
namlovchanlik sovutish-moylash suyuqliklarini kesish jarayoni tasiriga shubxa 
uyg‘otadi. Kesish jarayonida asbob va ishlov beriladigan yuzani namlanishi katta tezlik 
bilan amalga oshishi kerak. Namlanish tezligini qattiq tananing gorizontal yuzasidan 
tomayotgan suyuqlik tomchilari tezligiga qarab baho berish mumkin. Suyuqliklarni 
oqish tezligi, ishlov berilayotgan yuza g‘adir- budurligiga va asbob tig‘i yuzasiga 
(notekislik burchagi va balandligi va boshqalar), qovushqoqligiga va suyuqlikning sirt 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling