Detallarni kesishda sovutish-moylash suyuqligini samaradorligini oshirish usullari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana21.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1106719
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
detallarni-kesishda-sovutish-moylash-suyuqligini-samaradorligini-oshirish-usullari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
99 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
parchalanishi mexanik kuchlanishlar bo‘lmagan holatda muxitning ta’siri ostida sodir 
bo‘ladi. Sovutish-moylash suyuqliklari sovitish xususiyatlari asboblar turg‘unligiga, 
ishlov aniqligiga, yuza g‘adir-budurligiga, yuza qatlamidagi qoldiq kuchlanishlarga va 
boshqalarga ta’sir qiladi. Ular sovutish-moylash suyuqliklari tarkibiga, alohida 
komponentlarning fizik-kimyoviy va issiqlik fizik kattaliklariga bog‘liq bo‘ladi. Organik 
va mineral tuzlar bug‘ plyonkasi turg‘unligini kamaytirishi mumkin. Sovutish-moylash 
suyuqliklari sovutish qobilyatiga qovushqoqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, solishtirma 
issiqlik sig‘imi, uning komponentlari bug‘lanish issiqligi ta’sir ko‘rsatadi. Metallarni 
yuqori tezliklarda qattiq qotishmali asboblardan foydalanib kesishda sovutish-moylash 
suyuqliklarini mo‘l-ko‘l qilib va uzluksiz quyish tavsiya etiladi. Ayrim operatsiyalarda , 
masalan frezalash jarayonida qattiq qotishmali plastinalarni tez tez qaytariluvchi kirish-
chiqishlari xisobiga siklik kuchlanishlarni ortishi yoriqchalar hosil bo‘lishiga va 
asboblar turg‘unligini pasayishiga olib keladi. To‘g‘ri tanlangan sovutish-moylash 
suyuqliklari ishqalanish kuchini va kesish kuchini kamaytiradi, bu esa ajralayotgan 
issiqlikni pasaytiradi. Kesish jarayonida asosiy issiqlik manbai strujka hosil bo‘luvchi 
zonalar va asbobning old va orqa uchastkalari, qaysiki ishlov berilayotgan yuza va 
strujkani kontakt yuzalari xisoblanadi. Issiqlik ajralishi kesish tezligi ortishi bilan va 
ozroq uzatish va chuqurlikning ortishi bilan ortadi. Issiqlikning ajralishi plastik 
materiallarga (po‘latlarga) ishlov berishda, mo‘rt materiallarga (cho‘yanga) ishlov 
berishga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling