Insert, update va delete operatori bilan ishlash


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#250718
Bog'liq
6-dars. INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash



INSERT, UPDATE va 

DELETE operatori bilan 

ishlash

Mirg`iyozov Mirjambil




INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash

DML(Data Manipulation Language) – jadvaldagi ma’lumotlar ustida ishlash uchun mo’ljallangan

buyruqlar to’plami. 

Ular quyidagilar:

INSERT

operatoridan jadvalga yangi ma’lumotlar qo’shish uchun foydalaniladi;



UPDATE

operatoridan jadvaldagi ma’lumotlarni yangilash uchun foydalaniladi;



DELETE

operatoridan jadvaldagi ortiqcha ma’lumotlarni o’chirish uchun foydalaniladi;



SELECT

operatoridan jadvaldan kerakli ma’lumotlarni tanlab olish uchun foydalaniladi.




INSERT

operatoridan jadvalga yangi ma’lumotlar qo’shish uchun foydalaniladi.

Umumiy ko’rinishi quyidagicha:

INSERT INTO table_name (column1, column2, column3, ...)

VALUES (value1, value2, value3, ...);

student nomi jadvalga ma’lumot qo’shish uchun quyidagicha so’rov yozamiz:

INSERT INTO 

student (full_name, phone, adress)

VALUES


('Aliyev Ali', '+998945556699', 'Toshkent sh. Yunusobod tum. Bodomzor

kuchasi 3-uy');

INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash



Agar jadvalga bir nechta ma’lumot qo’shish kerak bo’lsa

INSERT 

operatorini quyidagicha

yozish mumkin:

INSERT INTO table (column1, column2, …)

VALUES (value1, value2, …), (value1, value2, …) , ...;

student jadvali uchun bir nechta ma’lumotni quyidagicha qo’shamiz:

INSERT INTO 

student (full_name, phone, adress)

VALUES


(‘Aliyev Ali’, ‘+998945556699’, ‘Toshkent sh. Yunusobod tum.’),

(‘Bozorov Bobur’, ‘+998998886633’, ‘Toshkent sh. Yashnabod tum.’),

(‘Qosimov Vali’, ‘+998970001122’, ‘Toshkent sh. Uchtepa tum.’);

INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash




INSERT  

operatoridan maydon nomlarini ko’rsatmasdan ham foydalansa bo’ladi, bunda

berilgan qiymatlar mos ravishda birinchi ustundan boshlab jadvalga yoziladi. 

INSERT INTO 

student 

VALUES


(1, ‘Aliyev Ali’, ‘+998945556699’, ‘Toshkent sh. Yunusobod tum.’),

(2, ‘Bozorov Bobur’, ‘+998998886633’, ‘Toshkent sh. Yashnabod tum.’),

(3, ‘Qosimov Vali’, ‘+998970001122’, ‘Toshkent sh. Uchtepa tum.’);

INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash




UPDATE

operatoridan jadvaldagi ma’lumotlarni yangilash uchun foydalaniladi.

Umumiy ko’rinishi quyidagicha:

UPDATE

table_name

SET

column1 = value1, column2 = value2, ...

WHERE

condition;

student jadvalidagi full_name maydonidagi ‘Bozorov Bobur’ ning address maydonidagi

ma’lumotni yangilash uchun quyidagicha so’rov yoziladi:

UPDATE

student 


SET

address = ‘Buxoro vil. Korakul tum.’

WHERE

full_name = ‘Bozorov Bobur’;



Agar WHERE operatori ishlatilmasa o’zgarish hamma ko’rsatilgan ustundagi yozuvlarga

ta’sir qiladi. 

INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash



DELETE

operatoridan jadvaldagi ortiqcha ma’lumotlarni o’chirish uchun foydalaniladi. 

Umumiy ko’rinishi quyidagicha:

DELETE FROM 

table_name

WHERE

condition;

student jadvalidagi full_name maydonidagi ‘Bozorov Bobur’ ga tegishli bo’lgan yozuvlarni

o’chirish uchun quyidagicha so’rov yoziladi:

DELETE FROM

student 


WHERE

full_name = ‘Bozorov Bobur’;

Agar WHERE operatori ishlatilmasa jadvaldagi barcha yozuvlar o’chib ketadi. 

INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash




Mavzuga oid amaliy topshiriqlar:

SQL Shell dasturida:

1. ustozlar nomli jadval yarating(ustoz_id, toliq_ism, tugilgan_kun, jinsi, toifasi, ish_tajribasi, maoshi);

2. Rasmda ko’rsatilgandek ustozlar jadvalini to’ldiring(12 ta ma’lumot qo’shing, lekin aynan shu ma’lumotlar bo’lmasin);

3. ustozlar jadvalidagi 1-toifali ustozlarning toifasini oliy toifaga o’zgartiring;

4. ustozlar jadvalidagi maoshi 5 000 000 dan ko’p bo’lgan ustozlarning maoshini 6 000 000 ga o’zgartirilsin;

5. ustozlar jadvalidagi ish tajribasi 10 yildan kam bo’lgan ustozlar jadvaldan o’chirilsin.

INSERT, UPDATE va DELETE operatori bilan ishlash



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling