Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini
Download 43.22 Kb.
|
11 sinf insholar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insho O‘zbekiston kelajagi -mening tasavvurimda
- Insho Zakovatli uqadi, bilimli biladi, bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
- Insho Turkiy tilda hech kim Navoiydek ko`p va xo`p she`r aytmagan
- Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini
- Insho O`zbekiston kelajagi - mening tasavvurimda
Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini Reja:
I.Kirish:Abdulla Oripovning mustaqillik davridagi ijodi II.Asosiy qism: 1. Abdulla Oripov lirikasida mavzular rang-barangligi 2. Shoirning «Yurtim shamoli» she`rining badiiy talqini 3. Abdulla Oripov ijodida ona diyor madhi III.Xulosa O'zbekiston — bunyodkorlik, ilm-ma'rifat, mehr-oqibat, himmat va muruvvat ustuvor bo'lgan, о'z farzandlarining barkamol avlod bo'lib voyaga yetishiga qat'iy ishongan, shunga mustahkam zamin yaratgan bag'rikeng mamlakatdir. Uning yigirma yillik zalvorli odimlari kelajagi buyuk ekanining tasdig'idir... (Abdulla Oripovning durdona fikrlaridan) Buyuk o'zbek shoiri ,O'zbekiston Qahramoni va O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov mustaqillik davrida Vatan, Erk, Ozodlikni tarannum etuvchi o‘nlab yangi she’rlar yozdi. Yangi tarixiy sharoit ijodiga yangi to‘lqinl. ar olib kirdi. Haj safari natijasida tug‘ilgan hamda hikmatomuz hadislar talqiniga bag‘ishlangan falsafiy-didaktik she’rlari so‘nggi bosqich o‘zbek adabiyoti ufqlarini yanada kengaytirdi. Abdulla Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik liaqida ko'tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni tshe'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, sliuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi mubimroq sana-lardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari o'zbek sbe'riyatiga o'ychil g'am va g'amchil o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari liaqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi. Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirisb noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Ghunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi. O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam, Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik. Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham, Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik. Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston, Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi. Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon, Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi. (“O`zbekiston Davlati” she`ridan) Yuqoridagi she'rlar qatoriga Vatanning oqqush qo'shiqlaridek jaranglovchi «Men nechun sevaman O'zbekistonni”, «O'zbekiston” kabi she'rlarni; istiqlol davrida yaratilgan «Vatan”, «Xalq”, “Temur”, «Adolat oftobi”, «Erk haqqi” singari manzumalarni; «Bedorlik” (1999), “Shoir yuragi" (2003) kabi yangi to'plamlardagi asarlarni: buyuk italyan shoiri Aligeri Dantening «Ilohiy komediya”sidek jahon adabiyotining mumtoz namunasi tarjimasini qo'ysak, A. Oripov ijodining naqadar sermiqyos ekani yanada oydin bo'ladi. Abdulla Oripov ijodida xalqni, Vatanni, fidoyi farzandlarning sevinch-tashvishlarini kuylash shoir ijodining asosiy yo‘nalishidir; Uning uslubiga umumni umuman emas, aniqni tiniq kuylash xosdir. «Yurtim shamoli» (1969)da shamol tushunchasi, shamol obrazi shoir talqinida, shunchaki biz bilgan ma’nodan tashqari, chuqur falsafiy umumlashma darajasiga ko‘tariladi. Unda Vatan, adolat, tarix talotumlari va hokazolar bilan aloqador ma’nolar chirmashib ketadi: Shamollar esgandir ushbu dunyoda, Shamollar goh quyun, gohida dovul. Ular goh oshkora, goho ro‘yoda, Qancha bo‘stonlami sovurgan butkul. Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli, O, yurtim shamoli, yurtim shamoli. Qanday shamollar esmasin, shoir Vatan shamoli toza bo‘lishini orzu qiladi. O`zbеkistоnning bo`yi-bаsti, go`zаl tаbiаti, kаmsuqum, mеhnаtkаsh хаlqi, shu bilаn birgа jаhоngа nоmi kеtgаn buyuk аllоmаlаri vа uning bugungi kundаgi sаlоhiyаti shоir misrаlаri оshа o`quvchi ko`z o`ngidа gаvdаlаnаdi. O`zbеkning bоshidаn zаr sоchsin dunyo, Tоpdi u rizqini zахmаti bilаn Uning аsоsidir buyuk bоbоlаr Bizgа ibrаt bo`ldi mехnаti bilаn Аbdullа Оripоv istiqlоldаn kеyinginа оzоdlik, o`zbеkоnа milliylik хаqidа to`lib-tоshib kuylаgаn, dеkаs хаtо bo`lаdi. Chunki shоirning 1969 yildа yarаtilgаn “Оnа sаyyorа” shе`ridаyoq shu Vаtаn istiqlоligа ishоnch zo`r umid uchqunlаri sеzilib turаdi. Yillаr o`tаr, bаlki o`tаr ko`p zаmоn Еr yuzi chulg`аnаr, bахtgа, chаmаngа Аgаr dаrdlаringgа bo`lоlsа dаrmоn Ruхim fidо bo`lsin shundаy vаtаngа Shоirning fidоyi qаlbi O`zbеkistоn uchun, o`z millаti uchun yonmоqdа. Xulosa qilib aytganda, shоir tоm mа`nоdа, butun umri dаvоmidа yarаtgаn shе`rlаridа аsriy оrzu bo`lgаn Mustаqillikni, uning аmаlgа оshishi, qаchоnlаrdir uni “оliy bir jаmоl chоrlаshi” ni tа`kidlаydi. Ustоz shоir ijоdidа Vаtаn, оnа, fаrzаnd timsоllаri judа bаlаnd pаfоsdа kuylаngаnining guvоhi bo`lаmiz. Abdulla Oripov she'riyati o'zbek milliy badiiy tafakkuri va ruhiyati taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Shoir ayni vaqtda, alohida qahramon tirnsolida ruhiyatning insoniyatga aloqador turfa jihatlarini, nuqtalarini ochishga usta deb aytsak, adash,aman bo`lamiz. Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga, Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga. Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni, Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga…
Rej a:
I. К i r i s h. O'zbekistonning tarixi va istiqboli haqida. II. A s о s i у q i s m: 1. «Men nechun sevaman O'zbekistonni?» 2. O'zbekiston jahonga yuz tutmoqda. 3. Vatanimning tabiiy boyliklari. 4. Vatanim — rivojlangan sanoat maskani. 5. O'zbekiston shoirlar va adiblar madhida. III. X u 1 о s a. O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat.
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan— bu oila, men tug'ilib voyaga yetgan go'sha, qo'ni-qo'shni, mahalla, qishloq, maktab, qo'yinki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsaj Vatanni onaga qiyoslaydilajci Onaning muqaddasligini la'riflashga so'z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham Vatanni e'zozlab, uning har bir qarich tuprog'ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qo'shish, hamisha ogoh bo'lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz. Har bir xalq o'z Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil — o'n ikki oy yoz bo'lmaydi yoki aksincha. O'shan-day yurtlarda yashovchilar ham Vatanini boshqa yurtga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki bu yerda Vatan tuyg'usi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni to'kilgan joy — muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg'u bilan biz O'zbekistonni sevamiz. O'zbekiston — tabiiy boyliklarga serob diyor. Bu boyliklarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Istiqlol davrida sanoatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqdaj Xorij sarmoyalarini jalb etgan holda qo'shma korxonalar qurilmoqda. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni yo'lga qo'yishga harakat qilinmoqda. Tarixdan bilamizki, har bir davrning ijodkorlari Vatanni kuylashgan, madh etishgan. Mustaqillik yillarida istiqlol madh etilgan bir qator asarlar yaratildi. O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurti-mizning har kunlik faoliyatida sezib, ko'rib turibmiz. O'zbekistonning kelajagi ko'p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bo'lib yetishishimizga bog'liq. Shu ma'noda, milliy istiqlol g'oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o'rganishimiz, ularga sodiq bo'lishimiz kerak bo'ladi. Vatanni seving, ardoqlang. Chunki u ona kabi muqaddasdir! Xulosa qilib aytganda , xalqimizning iqtisodiy va ma`naviy jihatdan yuksalishi , vatanimizda yashayotgan har bir fuqarolarning vatanga bo`lgan chuqur hurmati bilan ham belgilanadi . Biz O'zbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o'zgarishlarda o'zimizning ham hissamiz borligini doimo his qilib turamiz. Bu esa bizni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga, o'z Vatanimizning haqiqiy vatanparvari, ongli fuqarosi bo'lishga da'vat etadi. Biz Vatanimizni qanchalik sevsak , uning xususiyatlari shunchalik ortadi , bu yorug` olamda yurtning betakror va yagona ekanini his qilamiz , uning timsolida o`zimizni , o`z baxt iqbolimizni ko`ramiz !
Reja :
I. Kirish: Bilim so`zining lug`aviy ma`nosi . II. Asosiy qism: 1. Olim kishilar har yerda aziz . 2. Ajdodlarimiz tafakkuri bilan yaratilgan eng qadimiy bitiklar. 3. Ma`naviyatimiz yulduzlari. III:. Xulosa.. Kitob – xazinalar kaliti, u qalblarni yoritadi.. Ilmdan bir shu`la dilga tushgan on, Shunda bilursenkim, ilm bepayon! Bilim deb, o'qish va yozishni yaxshi bilish, har bir kerakli narsalarni o'rganmoqqa aytiladi. Bilim — dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Bilim inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, bilim bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qiladi, Savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni nopokdan ajratib beradi. Bilimsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Chunki bilimsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urug'iga, yor-do'stiga va millatiga foyda yetkazish bir yoqda tursin, o'ziga lozim bo'Igan amallarni ham loyig'icha qila olmaydi. Bilimning foydasi shu qadar ko'pki, ta'riflagan bilan ado qilish mumkin emas. Bizlarni jaholat qorong'uligidan qutqaradi. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarib, yomon fe'llardan, bema'ni ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulq va adab sohibi qilib tarbiyalaydi. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo'lsang, shuni bilmoq farzdir, deyilgan. Shuning uchun o'qimoq, bilmoq zamonlarini qo'ldan boy bermay, vujudimizning dushmani bo'Igan jaholatdan qutulmoqqa jonimiz boricha harakat qilmog'imiz lozim. Ilm tushunchasi bilim , ma`naviyat , ma`rifat , ziyo kabi so`zlar bilan chambarchas bog`liq bo`lib , kishining hayoti davomida zarur bo`ladigan bilimlar yig`indisir. Inson tug`ilishidan ilmli bo`lib dunyoga kelmaydi , aksincha u ilmni avvalo ustoz-murabbiylardan , ota-onasidan , qolaversa bilimli kishilardan , hayotdan o`rganadi . Bizga birinchi bilim egallashimizda ustozlarning o`rni beqiyos . Ular bizga 9 yil davomida turli fanlardan saboq beradilar . Keyichalik esa biz kasb-hunar kollejlarida o`qishni davom ettirib ilm olish bilan birgalikda kasb- hunar ham egallaymiz . Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy bitiklar , xalq og`zaki ijodi namunalaridan tortib , bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo`lyozmalar , ularda mujassamlashgan tarix , adabiyot, san`at , siyosat , axloq , falsafa , tibbiyot , kimyo , matematika , astronomiya , me`morlik , dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma`naviy boyligimizdir . Biz bu ilmlarni puxta egallab , kelajakda komil inson bo`lib yetishamiz hamda tarbiyalanamiz . Hayot qiyinchiliklarini olgan bilim va ko`nikmalarimiz orqali bartaraf etamiz . Inson jismoniy kuchiga emas , aqliga baho berish lozim . Inson kuchi yillar o`tishi bilan zaiflashib boradi , o`rgangan bilimi esa hech qachon qarimaydi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an'analari behisob. Ammo ular orasida bir an'ana borki, u haqda har qancha so'zlasang shunchalik oz. Bu - kitob bilan bog'liq an'ana bo'lib, elimiz mutolaani sevishi, unga chanqoqligidir. Kitob uni yaratgan xalqning bebaho ma'naviy boyligidir. U inson aql-idroki va ijodkorligining buyuk kashfiyotlaridan biridir. Kitob – hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va elu elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba. Kitob — insonning yaqin do'sti, aqlli suhbatdoshi, beqiyos sirdoshi. Kitoblar orqali kishilar asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim zamonlarda va yaqin o'tmishda yashab o'tgan, hozir yashayotgan donalar, fozillar bilan suhbatlashishi, sirlashishi mumkin. Kitob – xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo'tabar va muqaddas. Shu boisdan ham kitobni sevish, qadrlash va e'zozlash qadim-qadimlardan boshlangan. O`zbekiston ozod va mustaqil davlat . Bu zaminda yashayotgan har bir yurt farzandi Vatanimizning ozodligi hamda mustaqilligi, uning yana ham rivojlanishi uchun sitqidildan ilm egallamog`i lozim. Bu zamindan yetishib chiqqan To`maris, Al-Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amur Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug`bek, Bobur Mirzo kabi ajdodlarimiz yo`lidan borib , Mustaqil O`zbekistonimizni dunyoga tanitishda ilm yo`lida izlanib, harakat qilmog`i kerak .
Reja:
Kirish. Toza ruh mehvari Asosiy qism: a) Navoiy nazmi-la oboddir gulshan. b) Shoir ijodida lirik muhabbat tarannumi. d) Navoiy va bugungi kun yoshlari 3. Xulosa. Abadiyatga daxldor meros. Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. Islom Karimov. O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo`tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi, zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g`ururi, sha`n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda forsiy va turkiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa. Inson qalbining quvonch-u qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Tan olamizki, hech bir inson g`azal haqida suhbatlashayotganda, Alisher Navoiy yonidan bepisand o`ta olmaydi. Alisher Navoiy g`azal mulkining sultoni va avvalo, lirik shoir. Shoir lirikasining asosiy janri esa g`azal. Shoir bolalik chog`laridan umrining oxirigacha she`riyat bilan hamroh bo`ldi: turkiy va forsiy tillarida boy lirik meros qoldirdi. Xususan, uning yozgan g`azallarining jozubadorligi mazmunning, mohiyatnig chuqur ildiz otganligi, so`z san`atini qo`llash mahorati va so`z boyligining nihoyatda yuqoriligidir. Tasdiq o`rnida Navoiyning bir baytiga sharh berishga harakat qilsam: Qatra qonlarkim tomar ko`ksimga urg`on toshdin, Zulmdindir demakim, qon yig`lar ahvolimga tosh. Ya`ni, hijron olamiga oshiq chiday olmay ko`ksiga tosh urdi va yerga qon oqa boshladi. Shoirning ta`rificha, buning sababi toshning yetkazgan jarohati emas, balki, oshiq qalbiga urilgan tosh, uning bag`ridagi g`amni ko`rib qon yig`lamoqda. Naqadar go`zal ifoda! Butun boshli mumtoz adabiyotimizning eng sarbaland ijodkorlari g`azal janri orqali o`zlarining eng nafis hamda jamiyatning qaynoq muammolarini o`rtaga tashlaydilar. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham o`z lirikasida tabiat, jamiyat, Vatan, komil inson, ma`naviyat, axloq sohalarining sanoqsiz muammolarini chuqur badiiy tahlil etgan. Shoir umri mobaynida komil insonni dunyoviy manfaatlardan holi ravishda ilohiy muhabbat bilan sevgan. Navoiyning o`z e`tiroficha, majoziy ishqdan maqsad, haqiqiy muhabbatni kuylamoqdir. Majoziy ishq orqali haqiqiy ishqni kuylash Navoiy singari haqiqat ahli uchun maxsus yo`ldir. Alisher Navoiy asarlarida umuminsoniy mavzular yoritilib, ulardagi ma`no-mazmun katta umid, orzu-maqsadlar bilan Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo`shaman, deb belini mahkam bog`lab maydonga chiqayotgan, azm-u shijoatli avlodni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga komil insonni tarbiyalash g`oyalarini ilgari suradi. Biz bu merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahramand etsak, milliy ma`naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol topdirishda shunchalik qudratli ma`rifiy qurolga ega bo`lamiz. Navoiydan bizga nihoyatda katta adabiy, shu bilan birga abadiy meros qolgan. Besh asrlik vaqt ummonidan butun chiqqan bu xazina hamon insonlar hayotining ajralmas qismi bo`lib qolmoqda. Chin insoniy fazilatlarni kuylagan Hazrat Alisher Navoiy nomi zarhal harflar bilan abadiyat kitobiga bitilgan. Shu bois, biz shoirning shohbaytlar mutolaasidan sira tolmaymiz. Demak, barkamol avlodni tarbiyalash xalqni tarbiyalasg deganidir. Alisher Navoiy o`zigacha bo`lgan badiiy adabiyotga yakun yasadi. Yangi bosqichni ta`minladi va turkiy adabiyotning kelajak rejasini tuzib ketdi. Navoiy o`zbek adabiyotida, asosan, she`riyatda, ba`zan dostonlarda avval bo`lmagan, insonning qadri masalasi, xalq masalasi, ayol, adolat masalasi kabi mavzularni yuksak darajaga ko`tardi. U umri davomida adolat haqida yozdi. Shuning uchun ham u xalq nazarida adolat timsoliga aylandi. Navoiy turkiy tilning go`zalligini isbotlash uchun Nizomiy Ganjaviy “Panj ganj” ni yozgan bahrda “Xamsa”ni yaratdi. Navoiy mustaqil hayoti davomida aqlan va ruhan o`zbek xalqining millat tarixidagi eng buyuk farzandi darajasi kuchiga ega bo`lgan. Alisher Navoiy – bizning milliy iftixorimiz! Uning asarlarini o`rganish biz uchun ham farz, ham qarzdir. Insho Abdulla Oripov ijodida Vatan talqini Reja:
Kirish. Mehrga muhtoj qalblar kuychisi. Asosiy qism: a) shoir she`riyatining qudrati – yuksak darajadagi badiiyligidadir. b) O`zbek xalqi qaddini yana bir rpog`ona ko`targan qasida. d) Shoir yangilagan ko`hna muhabbat. 3. Xulosa. Abdulla Oripov ijodini o`rganib kamol topamiz! Temur kabi sohibi zamonlar qilichi yetmagan yerlarni qalam bilan olishga Alisherni qodir qilgan qudrat she`riyatdir. She`riyatni “Onajonim” deb ulug`lagan va chindan ham she`riyatga fidoiy Farzand bo`lgan Abdulla Oripovning she`ri kirib kelmagan birorta xonadon O`zbekistonda topilmasa kerak. Maqsuda Ergasheva. O`zbek xalqi azaldan shoirtabiat xalq, uning tuprog`idan tortib yaprog`igacha shoirdir. Shuning uchun ham u farzandlariga she`riyat kabi teran, she`riyat kabi serma`no, bir-biriga uyqash ismlar qo`yadi. U to`y qilsa, shodliklarini she`rga solib “Yor-Yor” aytadi. Hattoki, azada ham hasratlarini she`rga aylantirib bo`zlaydi… Besh asrkim nazmiy saroyni Tiratadi zanjirband bir sher. Temur tig`I yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher… deb yozgan edi, o`zbek xalqining sevimli farzandi, shoir Abdulla Oripov. Abdulla Oripov she`riyatining qudrati yuksak darajadagi badiiyligidadir. Lekin uning she`rlarida sun`iy badiiylik, zo`rma-zo`raki o`xshatishlar, mantiqqa zid bo`lgan jonlantirishlar orqali badiiyat yaratilmaydi. Uning har bir iborasi, har bir tashbehi ayni haqiqatdir. Abdulla Oripov dono xalqimiz yaratgan maqol va matallardan, iboralardan juda oqilona va san`atkorlik bilan foydalanadiki, natijada shoir tilga olgan maqollaridan qayta boshdan she`riy umrini boshlaydi. Abdulla Oripovning har bir se`ri, har bir misrasining o`z ohangi bor, uni sira boshqa ohangda aytib bo`lmaydi. Shoir she`riyatining o`ziga xosligi shundaki, u behad o`ziga xos shoir. U sevsa yonib, o`rtanib sevadi, agar nafratlansa, sevgisi darajasidagi kuchli dard, armon bilan nafratlanadi. U har bir mavzuda o`rtanib, qalamni taroshlab, avaylab, yonib ishga soladi, ayniqsa, bu mavzu Vatan mavzusi bo`lsa… Abdulla Oripov – o`zbek xalqi qalbida sermazmun she`rlari bilan chuqur iz qoldirgan, o`z ijodida Vatanga bo`lgan muhabbatni tarannum etgan vatanparvar shoirdir. Shoir she`rlarida vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhi ufurib turadi. Xalq ruhida ozodlik, vatanparvarlik tuyg`ularini singdirishda she`riyatning roli va o`rni beqiyosdir. She`riyat o`ziga xos, timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuyg`ular uyg`otadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yo`q qilib bo`lmaydi. Sevimli shoirimizning “Yurtim” she`ri xuddi shunday ijod mahsulidir. Ushbu qasida o`zbek xalqining buyuk tarixini, o`zligini, milliy g`ururini o`zida mujassam etganyuksak ijod namunalaridanbiridir. She`rning ilk satridanoqVatanga, o`zbek xalqiga, uning buyuk tarixiga bo`lgan muhabbat, hurmat, ehtirom, g`urur va iftixor tuyg`ulari yaqqol sezilib turadi: Yurtim, senga she`r bittim bu kun, Qiyosingni topmadim, also… O`zbek xalqi qaddini yana bir pog`ona ko`targan, mashhur qilgan bu she`r barcha o`zbekning or-nomusiga aylandi. Chindan ham Abdulla Oripovning she`rlari mohiyat e`tibori bilan voqe` bo`lgan she`rlardir… Xulosa o`rnida aytish mumkinki, qalbida Vatanga bo`lgan muhabbati cheksiz bo`lgan insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko`radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog`lardek ulug`vor bo`lgan insonni o`z umrining qahramoni deyish mumkin. Abdulla Oripov ham ana shunday insonlardan desak, yanglishmagan bo`lamiz. Mustaqillikka erishibo`zligini, o`zbegini yaratayotgan xalqimiz bunday insonlarni ulug`lashi tabiiy. Abdulla Oripovning hayot yo`li, yaratayotgan asarlari va ulardagi yetakchi g`oyalar harbir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashshiga ishonamiz.biz uchun shoir bir yurt bo`lgan. O`zbekiston uchun shoir ham, she`rlari ham hamisha ardoqlidir!
Reja:
Kirish. Abadiy tuyg`ular timsoli – Vatan. Asosiy qism: a) Jannatning yerdagi yaxlit parchasi. b) O`zbekiston tabiiy boyliklarga serob diyor. d) O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 3. Xulosa. Men buyuk yurt farzandiman! O, ota makonim, onajon o`lkam – O`zbekiston. Jonim to`shay soyangga! Sendek mehribon yo`q, seningdek ko`rkam, Rimni alishmasman bedapoyangga! Muhammad Yusuf Inson qayerda o`ssa, o`sha yer vatan bo`ladi. Inson hech qachon o`zi xohlagancha Vatan tanlamaydi. Sahroda ulg`ayganlar o`zlarining cho`l-u dashtlarini “Vatanim!” deya suyadilar. Go`zal va bebaho joylardan ustun qo`yadilar. Zero, ona yurting – oltin beshiging. Biz Vatanning qorachig`ida o`samiz. Uning barcha noz-ne`matlaridan bahramand bo`lamiz. Vatan tuprog`i ildizlarimizni ko`kartiradi. Yurt oftobi yanoqlarimizga rang beradi. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan – bu oila, men tug`ilib voyaga yetgan go`sha, qo`ni-qo`shni, mahalla, qishloq, maktab, qo`yingki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsa. Vatanni onaga qiyoslaydilar. Onaning muqaddasligini ta`riflashga so`z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham vatanni e`zozlab, uning har bir qarich tuprog`ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qo`shish, hamisha ogoh bo`lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz. Har bir xalq o`z Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil o`n ikki oy yoz bo`lmaydi, yoki aksincha. O`shanday yurtlarda yashovchilar ham Vatanni boshqa yurtlarga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki bu yerda Vatan tuyg`usi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni to`kilgan joy – muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg`u bilan biz O`zbekistonni sevamiz. O`zbekiston tabiiy boyliklarga serob diyor. Bu boyliklarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Istiqlol davrida sanoatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e`tabor qaratilmoqda. Xorij sarmoyalarini jalb etgan holda qo`shma korxonalar, qurilmoqda. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportini yo`lga qo`yishga harakat qilinmoqda. Tarixdan bilamizki, har bir davrning ijodkorlari, Vatanni kuylashgan, madh etishgan. Mustaqillik yillarida istiqlol madh etilgan bir qator asarlar yaratildi. O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurtimizning har kunlik faoliyatida sezib,ko`rib turibmiz. O`zbekistonning kelajagi ko`p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bo`lib yetishishimizga bog`liq. Shu ma`noda, milliy istiqlol g`oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o`rganishimiz, ularga sodiq bo`lishimiz kerak bo`ladi. O`zbekiston deb atalgan, tuprog`ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, har tongda bulbullar madhini o`qib tamom qilolmaydigan bir yurtda yashayotgan ekanmiz, biz o`zimizni baxtli deb bilmog`imiz kerak. Keksalarimiz aytganidek, shukronalar bilan yashamog`imiz kerak. Vatan bizga ato etilgan ulug` ne`mat ekan, Vatanga muhabbat ham har birimizga berilgan oily baxtdir. Chunki, vatanni sevagan odam, uning biron koriga yaragan odam hayotining chuqur ma`no kasb etayotganligini, umri zoye o`tmayotganligini his qiladi., uning insoniy g`ururiga g`urur qo`shiladi. O`zbek adabiyotshunoslarining yirik vakili, O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinovning shunday fikrlari bor: “Aziz vatandosh! Siz bilan biz o`zbeklarning o`z g`ururi bor. Bugun biz duhyo xalqlarining saflaridan o`rin olishga harakat qilmoqdamiz. Lekin biz g`ururimiz har qancha baland bo`lmasin, o`z qadrimizni har qancha baland qo`ymaylik, o`zimizni hech kimdan yuqori qo`ymoqchi, bironta xalqni kamsitib, pastga urmoqchi emasmiz. Biz yaxshi bilamizki, alloh jahon ayvonida o`zining hamma bandalarini teng qilib, barobar qilib, do`st qilib yaratgan.. Ha, shunday, biz hamma xalqlarga birodarmiz, lekin hech kimning oldida tili qisiqlik joyimiz ham yo`q. Shuning uchun “qayga borsam g`oz yururman, boshda do`popim gerdayib”, deyish uchun to`la asosimiz bor. O`zbekning dovrug`ini eshitmagan, “O`zbekiston” degan jannatmonand yurtning ta`rifidan xabar topmagan bir jon qolmasin.” Faqat O`zbekiston deb gerdayganimizda, shu go`zal yurtning ravnaqiga qo`shgan jinday hissamiz uchun qaddimizni tik tutib bir gerdayib qo`yaylik. Xulosa qilib aytganda, vatan ravnaqi uning farzandlariga, ularning ma`naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog`liq. Bu, o`z navbatida, har bir yurtdoshimizning zimmasidagi yuksak fuqarolik mas`uliyatini his etishga, o`z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtirib yashashga da`vat etadi. Shunday ekan, mehri daryo, haqiqatparvar yurtni sevmay bo`ladimi?! Download 43.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling