Insholar joriy yilning 20 apreliga qadar qabul qilinadi!


Download 1.6 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1178226
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta


  1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Nima deb o‘ylaysiz...?» rukni ostida insholar tanlovini e’lon qiladi. Bu haqda inspeksiya boshlig‘i maslahatchisi Feruza Madrahimovaning kanalida ma’lum qilindi.

    Tanlovda umumta’lim maktablarning 6-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda o‘zbek va rus tillarida yozilgan insholar qabul qilinadi.

    Insholar joriy yilning 20 apreliga qadar qabul qilinadi!


Tanlov davomida sinflar quyidagi guruhlarga ajratiladi va har bir guruh bo‘yicha 1-2 va 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanadi:

- 6-7 sinflar;


- 8-9 sinflar;
- 10-11 sinflar.


  1. Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinlari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida 1992-yil 8-dekabr kuni bosh qomusimiz — Konstitutsiya qabul qilindi. Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan baxtimiz qomusi inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamiz O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi borasida asosiy poydevor bo‘lib kelmoqda.

Shu munosabat bilan Olmazor tumanidagi 261-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi hamda “Dekabr: Tarbiya va ijtimoiy fanlar oyligi” doirasida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” nomli tadbir tashkillashtirildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jamoat xavfsizligini ta’minlash kafedrasi o‘qituvchisi, professor Doniyor Ismoilov, katta leytenant, o‘qituvchi Sherzod Axmedov hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi. O‘quvchilar she’r, raqs va sahna ko‘rinishlari bilan yig‘ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Yakunda o‘quvchilar qiziqarli savollar bilan mutaxassislarga yuzlandi. Eng kreativ savol beruvchilar professor sovg‘asiga ega bo‘ldi. Tadbir faol ishtirok etgan o‘quvchilarga faxriy yorliq topshirish bilan nihoyalandi.

  1. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablariga Yangi yil bayramini rejalashtirish va oʻtkazish bilan bogʻliq cheklov yuzasidan tegishli xati notoʻgʻri talqin qilinganini maʼlum qiladi.

Umumtaʼlim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar mavjud emasligi bildiriladi.
Shu bilan birga maktablarda pul yigʻimlari hamda ota-onalarning eʼtirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida maktab oʻquvchilariga Yangi yil bayramini oʻtkazish tavsiya etilmasligi eslatiladi.
Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligi maʼlum qilinadi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling