Reja: Kompyuter xonasida qo’yiladigan taqiqlar


Download 3.34 Mb.
Sana16.09.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1679809
Bog'liq
1-Kompyuterda ishlashni to\'g\'ri tashkil etish


1-Mavzu: Kompyuterda ishlashni to'g'ri tashkil etish.
Reja:

  • Kompyuter xonasida qo’yiladigan taqiqlar

  • Kompyuterdan foydalanish talablari

  • Kompyuterdan to’g’ri foydalanish Kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartibi mavjud.

Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
· kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;
· kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;
· kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
· nam qo’l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash;
· kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish;
· kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
Kompyuter stollariga elektr manbaning tortilishi qo’zg’almaydigan va ko’rinmaydigan bo’lishi lozim. Informatika o’quv xonasida yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanish muddati ko’rsatilgan va to’ldirilgan o’t o’chirgich uskunasi bo’lishi lozim.
Informatika o’quv xonasi doskasining chap yoki o’ng tomonida elektr ta’minotidan o’chirib yoqish uchun qurilma bo’lishi kerak.
Informatika o’quv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan
ko’yidagilar taqiqlanadi:
· xonaga qishki ustki kiyimda kirish;
· kompyuter ekraniga qo’l va boshqa narsalarni tekkizish;
· kompyuter qurilmalari yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
· kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo’yish;
· kompyuter qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg’ich va boshqa narsalarni tiqish;
· kompyuter ishlab turganda qarovsiz qoldirish;
Informatika o’quv xonadagi jihozlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari:
1. Informatika o’quv xonasiga kirishda o’quvchilarning ustki kiyimini osishga mo’ljallangan shkaf bo’lishi lozim.
2. Kompyuterning tizim bloki (prosessor) elektr quvvatining 20±20V dan oshmasligi lozim.
3. Kompyuterning elektr quvvatini uzluksiz ta’minlovchi Qurilma (UPS) bo’lishi lozim.
K ompyuter ish stantsiyasini qanday tashkil qilish kerak? Bu haqda hamma ham o'ylamaydi va oxir-oqibat nafaqat ishlash qanchalik qulay bo'lishi, balki sizning sog'lig'ingiz ham ish joyini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. Kompyuter bilan aloqa qilishda foydalanuvchi o'zini himoya qilishini oddiy usullari mavjud. Masalan, ish joyini to'g'ri tashkil qilishda quyidagi ko'rsatmalar yordam beradi.
Ish joyini to'g'ri tashkil etishda avvalo, foydalanuvchining toifasiga va u bajaradigan ishning xususiyatiga muvofiq ishlash davomiyligini cheklash, professional foydalanuvchilar uchun - majburiy tartibga solinadigan tanaffuslar, ish davomida ko'zlar uchun maxsus mashqlar va m onitor bilan ishlash vaqtini normallashtiradigan kompyuter taymerlariga ulanish talab etiladi.
Ishlayotgan xonada yaxshi yoritishni yarating. Optimal yoritishni ta'minlaydigan zamonaviy chiroqlardan foydalanish zarur. Ishlayotgan xona va fon rasmlari uchun yorqin ranglar - oq, limon sariq va salat ranglardan foydalanish qulay.
Kompyuter stolining balandligi shunday bo'lishi kerakki, ish paytida ekran ko'z chizig'idan bir oz pastroqda joylashib, vaqti-vaqti bilan charchagan oyoqlarni cho'zish uchun stol ostida yetarli joy bo'lishi zarur.
Kompyuterdan to’g’ri foydalanish. Ishni to’gri tashkil etish uchun avvalo operatsion sistema talablariga va office imkoniyatlariga qarab, faylni yaratish, saqlash va ma’lumot qo’shish jarayonida e’tibor bilan o’rganish talab etiladi.
Faylni ma’lum nomda, ma’lum joyaga tartib bilan saqlash talab etiladi. Ko`pchilik foydalanuvchilarda ishni to’gri tashkil etolmaslik oddiy etiborsizlik, kutilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Offis dasturlari bilan ishlash jarayonida fayllarni duch kelgan joyga saqlash, ish stoliga kata xajmdagi fayllarni joylashtirish kompyuter ish faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatadi.
Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling