Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni ilgari surdi


Transformatorning ekvivalent sxemasi


Download 1.07 Mb.
bet10/16
Sana13.01.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1091037
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni

Transformatorning ekvivalent sxemasi – ikkilamchi parametrlari birlamchiga keltirilgan transformatorni unga ekvivalent bo‘lgan elektr sxemasi bilan almashtirish mumkin.
Elektromagnit – sun’iy magnit bo‘lib, ferromagnit o‘zak ustiga izolyasiyalangan simdan o‘ralgan cho‘lg‘amdan elektr toki
Ferrorezonans – chiziqli bo‘lmagan induktiv element va sig‘im qarshiligi yoki chiziqli bo‘lmagan sig‘im elementli va induktiv qarshilikli zanjirlardagi tok yoki kuchlanish o‘zgarganda chiziqli bo‘lmagan element qarshiliklarining ham o‘zgarishi sababli hosil bo‘ladigan rezonans hodisasi.
Kuchlanishlar ferrorezonansi – chiziqli bo‘lmagan induktiv qarshilik va sig‘im qarshiliklar ketma-ket ulangan zanjirdagi sinusoidal kuchlanish yoki tokning o‘zgarishida sodir bo‘ladigan rezonans hodisasi.
Toklar ferrorezonansi – chiziqli bo‘lmagan qarshilik va sig‘im qarshilik parallel ulangan zanjirdagi sinusoidal kuchlanish va tok o‘zgarganda sodir bo‘ladigan rezonans hodisasi.
Vektor diagrammasi- bir xil chastotali o‘zgaruvchan kattaliklarni grafik ko‘rinishda tasvirlaydigan bir necha vektorlar to‘plami.
Garmonika – Asin(t+) ko‘rinishidagi funksiya. Garmonika davriy funksiya bo‘lib, davri
Stabilizator (mo‘‘tadillash)elektromexanika, radiotexnika va boshqa sohalarda ishlatiladigan asbob va qurilmalarning normal ishlashi uchun elektr tokini yoki kuchlanishni avtomatik ravishda birday ushlab turadigan qurilma yoki moslama, apparat
Kuchlanish stabilizatori – iste’molchiga beriladigan elektr kuchlanishining ortib yoki kamayib ketishiga, ya’ni o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilma.
Tok stabilizatori Tokni stabillash, ya’ni yuklamadagi tok kattaligini o‘zgarishsiz saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Tok stabilizatoriga baretter misol bo‘la oladi.
Kuchaytirgich – signal quvvatini tashqi manba energiyasi hisobiga oshirishga mo‘ljallangan qurilma.
Magnitli kuchaytirgich – kichik quvvatli o‘zgarmas tok vositasida katta quvvatli o‘zgaruvchan tokni boshqarish qurilmasi. Magnit kuchaytirgichlar avtomatik boshqarish sistemalarida, aniq o‘lchash asboblari va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling