Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni ilgari surdi


O‘zgaruvchan tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri


Download 1.07 Mb.
bet12/16
Sana13.01.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1091037
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni

O‘zgaruvchan tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri- tarkibida kamida bitta volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan aktiv, induktiv yoki sig‘im qarshilikli element bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr zanjiri o‘zgaruvchan tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri deyiladi.
O‘zgarmas tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri – kamida bitta volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elementga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok elektr zanjirlari o‘zgarmas tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri deyiladi.
To‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri – elektr zanjirining birorta elementi qarshiligi tok kuchi yoki kuchlanishga bog‘liq bo‘lsa, ya’ni uning volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmasa, to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri deyiladi.
Nochizig‘iy element – volt-amper xarakteristikalari to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri elementlari nochizig‘iy element deyiladi.
Fazoviy traektoriya – tasvirlovchi nuqtaning o‘zining harakati davomida chizgan egri chizig‘i.
Barqaror tugun - vaqt t= da fazoviy tekislikdagi tasvirlovchi nuqta kelgan M nuqta barqaror tugun deb ataladi.
Izoklin - fazovoy traektoriya bo‘ylab yo‘nalgan egri chiziqni izoklinlar deb ataladi.
Oqim ilashuvi – cho‘lg‘amlar sonining ularni kesib o‘tuvchi magnit oqimiga ko‘paytmasi oqim ilashuvi deyiladi va  harfi bilan belgilanadi.
Magnitlanish, magnitlash - moddalarning magnit maydonda magnit xususiyatiga ega bo‘lishi magnitlash deyiladi, magnitlanuvchi moddalar esa magnetiklar deb ataladi.
Elektromagnit – sun’iy magnit bo‘lib, ferromagnit o‘zak ustiga izolyasiyalangan simdan o‘ralgan cho‘lg‘amdan elektr toki o‘tkazilganda paydo bo‘ladigan magnit maydon ferromagnit o‘zakda to‘planib kuchli magnit maydon hosil qiladigan qurilmadir.
Erkin elektromagnit tebranishlar – konturga biror ortiqcha energiya berganda unda hosil bo‘ladigan va konturda vujudga keladigan induksion tok bilan tutib turiladigan elektromagnit tebranishlar xususiy yoki erkin elektromagnit tebranishlar deb ataladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling