O‘zgaruvchan tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri- tarkibida kamida bitta volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan aktiv, induktiv yoki sig‘im qarshilikli element bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr zanjiri o‘zgaruvchan tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri deyiladi.
O‘zgarmas tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri – kamida bitta volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elementga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok elektr zanjirlari o‘zgarmas tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri deyiladi.
To‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri – elektr zanjirining birorta elementi qarshiligi tok kuchi yoki kuchlanishga bog‘liq bo‘lsa, ya’ni uning volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmasa, to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri deyiladi.
Nochizig‘iy element – volt-amper xarakteristikalari to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri elementlari nochizig‘iy element deyiladi.
Fazoviy traektoriya – tasvirlovchi nuqtaning o‘zining harakati davomida chizgan egri chizig‘i.
Barqaror tugun - vaqt t= da fazoviy tekislikdagi tasvirlovchi nuqta kelgan M nuqta barqaror tugun deb ataladi.
Izoklin - fazovoy traektoriya bo‘ylab yo‘nalgan egri chiziqni izoklinlar deb ataladi.
Oqim ilashuvi – cho‘lg‘amlar sonining ularni kesib o‘tuvchi magnit oqimiga ko‘paytmasi oqim ilashuvi deyiladi va harfi bilan belgilanadi.
Magnitlanish, magnitlash - moddalarning magnit maydonda magnit xususiyatiga ega bo‘lishi magnitlash deyiladi, magnitlanuvchi moddalar esa magnetiklar deb ataladi.
Elektromagnit – sun’iy magnit bo‘lib, ferromagnit o‘zak ustiga izolyasiyalangan simdan o‘ralgan cho‘lg‘amdan elektr toki o‘tkazilganda paydo bo‘ladigan magnit maydon ferromagnit o‘zakda to‘planib kuchli magnit maydon hosil qiladigan qurilmadir.
Erkin elektromagnit tebranishlar – konturga biror ortiqcha energiya berganda unda hosil bo‘ladigan va konturda vujudga keladigan induksion tok bilan tutib turiladigan elektromagnit tebranishlar xususiy yoki erkin elektromagnit tebranishlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |