Stabillangan kuchlanish (mo‘tadillashgan kuchlanish) – Stabilitronning volt-amper xarakteristikasidagi kuchlanish tushishining tokka bog‘liq emasligini ko‘rsatuvchi qismiga mos chegaradagi kuchlanish stabillangan kuchlanish deyiladi.
Rele – biror qurilma yoki jarayon parametrlarining qiymati yohud yo‘nalishi o‘zgarishini sezadigan va kichik quvvatli impuls bilan ijro mexanizmiga ta’sir qiladigan apparat.
Gisterezis – tashqi kuch ta’sirida jismda paydo bo‘ladigan «qoldiq» xossa. U magnitli gisterezis, dielektrik gisterezis va elastik gisterezislarga bo‘linadi.
Magnitoyumshoq material – kuchlanganligi yuzlarcha A/m bo‘lgan nisbatan kuchsiz magnit maydonlarda to‘yinguncha magnitlanadigan va qayta magnitlanadigan material.
Magnitoqattiq material– kuchlanganligi o‘nlarcha kA/m gacha bo‘lgan nisbatan kuchli magnit maydonda to‘yinguncha magnitlanadigan va qayta magnitlanadigan material.
Kuchlanishlar rorezonansi – chiziqli induktiv qarshilik va sig‘im qarshiliklar ketma-ket ulangan zanjirdagi sinusoidal kuchlanish yoki tokning o‘zgarishida sodir bo‘ladigan rezonans hodisasi.
Rezonans- ma’lum sharoitda jismning majburiy tebranishlari amplitudasi keskin oshib ketishi rezonans deyiladi. Rezonans turlari juda ko‘p bo‘lib, ularga magnit rezonansi, kuchlanish rezonansi, tok rezonansi kiradi.
Rezonans chastotasi – elektr zanjirida rezonans bo‘lishiga sabab bo‘ladigan elektr chastotasi zanjirning rezonans chastotasi deyiladi va 0 harfi bilan belgilanadi.
Toklar rorezonansi – chiziqli qarshilik va sig‘im qarshilik parallel ulangan zanjirdagi sinusoidal kuchlanish va tok o‘zgarganda sodir bo‘ladigan rezonans hodisasi.
Induktivlik – magnit oqimi ilashuvchanligining tokka nisbati bilan o‘lchaniladigan kattalik kontur yoki g‘altakning induktivligi deb ataladi va L harfi bilan belgilanadi. Induktivlik g‘altakning shakli va o‘lchamlariga, undagi o‘ramlar soniga, muhitning magnit sindiruvchanligiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |