Konturli tok usuli - Kirxgofning 2 – qonuniga asoslangan bo’lib, berilgan zanjirning konturlari uchun tuzilgan tenglamalar sistemasini yechish bilan kontur toklari va bular orqali tarmoq toklari topiladi.
Ekvivalent generator usuli - bu usul murakkab elektr tok zanjirlarining biror qismidagi tarmoq tokini aniqlashda ishlatishda qulay bo’lib, amalda qisqa tutashtiruv yoki uzilish (salt xolat) tajribalari o’tkaziladi. Elektr energiyasi bo’lgan ikki qutbli elektr zanjiri ekvivalent manba va parametr bilan almashtiriladi.
O‘zgarmas tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri – kamida bitta volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elementga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok elektr zanjirlari o‘zgarmas tokning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan zanjiri deyiladi.
To‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri – elektr zanjirining birorta elementi qarshiligi tok kuchi yoki kuchlanishga bog‘liq bo‘lsa, ya’ni uning volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqli bo‘lmasa, to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri deyiladi.
Magnit zanjiri – magnit oqimini ma’lum tomonga yo‘naltirib beradigan qurilma, ferromagnit jismlar ketma-ketligi. Magnitaviy zanjir elektr mashinalar, elektr asbob va apparatlarda qo‘llaniladi.
Nochiziqiy element – volt-amper xarakteristikalari to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan elektr zanjiri elementlari nochiziqiy element deyiladi.
Stabilizator (mo‘tadillash) – elektromexanika, radiotexnika va boshqa sohalarda ishlatiladigan asbob va qurilmalarning normal ishlashi uchun elektr tokini yoki kuchlanishni avtomatik ravishda birday ushlab turadigan qurilma yoki moslama, apparat.
Kuchlanish stabilizatori – iste’molchiga beriladigan elektr kuchlanishining ortib yoki kamayib ketishiga, ya’ni o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilma.
Tok stabilizatori – Tokni stabillash, ya’ni yuklamadagi tok kattaligini o‘zgarishsiz saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Tok stabilizatoriga baretter misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |