Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni ilgari surdi


Download 1.07 Mb.
bet5/16
Sana13.01.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1091037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni

IV - BOB XULOSALARI

1. FCHB ni KT orqali yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga masofadan signalizatsiya tizimi uchun signal manbai sifatida ulash sxemalari ishlab chiqilgan.


2. Signalni elektr taqsimlash tarmog‘iga ketma-ket kiritish uchun eng maqbul FCHB qurilmasidan hosil bo‘lgan quyigarmonik chastotalarda signallarni uzatish ekanligi aniqlandi.
3. Ferrorezonans chastota o‘zgartirgichining muhandislik loyiha usuli ishlab chiqildi.
4. Haqiqiy elektr tarqatish tarmoqlarida o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar ishida ilgari olingan asosiy nazariy xulosalarni tasdiqladi.


X U L O S A

1. Chastota o‘zgartirgichlarni tahlil qilish asosida shuni ko‘rsatadiki, parallel va ketma-ket ulanishning ko‘p konturli ferrorezonans zanjirlari fazaviy holatlarning ko‘p barqarorligiga ega, shu bilan birga o‘zgartirgichlarning chiqishidagi fazaviy munosabatlar yuklama parametrlariga bog‘liq emas.


2. Ferrorezonans zanjirlarda QGCH larni qo‘zg‘alishi qo‘llaniladigan kuchlanish chastotasini "n" sonli qilib bo‘linishi bilan bir xil ko‘plikdagi fazalar sonini bir vaqt KTining o‘zida ko‘paytirish bilan birga bo‘lishi mumkinligi aniqlandi, ya’ni zanjirlarning o‘zaro bog‘lashiga olib kelishi mumkin.
3. Ferrorezonans zanjirdagi QGCH sidagi APT ga tebranish chastotasining ma’lum miqdordagi energiya bilan nochiziqli parametrni sinxron tebranishlar shartlari bajarilganligi aniqlandi.
4. Ko‘p konturli ferrorezonans zanjirlarga asoslangan zanjirli ulanishning elektr muvozanati tenglamasiga matematik modeli taklif qilingan.
5. Zanjirning geometrik modeli va quyigarmonik chastotada APT ni qo‘zg‘atish va barqaror rejimini sifatli tahlil qilish o‘rganildi, bu APT xarakteri va ularning barqaror qo‘zg‘alishi funksiya yordamida osongina tekshirilishini ko‘rsatdi va shuningdek, QGTCH ning mavjud bo‘lish zonasini zanjir parametrlarini o‘zgartirish orqali tartibga solish taklif etiladi.
6. Kirish kuchlanishining oshishi bilan zanjirli ulanishning ko‘p konturli ferrorezonans zanjirida QGT ning yumshoq qo‘zg‘alishi ta’minlanganligi aniqlandi, o‘tish jarayonning vaqti 2-3 davrdan oshmaydi.
7. FCHB dan TS tizimlari uchun nostandart chastotali generator sifatida foydalanish imkoniyatlari taklif qilingan va eksperimental ravishda sinovdan o‘tgan. Ushbu o‘zgartirgichlar yuqori ishonchliligi, arzonligi va texnik xizmat ko‘rsatishning qulayligi bilan ajralib turadi, bu ularni turli sohalarda, ayniqsa issiq iqlim va changli muhit bilan ishlaydigan hududlarda ishlashga mo‘ljallangan samarali TS vositalarining tizimlarini ishlab chiqishda keng foydalanishga imkon beradi.
8. Eksperimental tadqiqotlar haqiqiy elektr tarqatish tarmoqlarida va melioratsiya majmualari tarmoqlarida o‘tkazildi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling