7-amaliy mashg’ulot:
Mavzu: Turli masshtabli va turli hududlar uchun tuzilgan geoekalogik kartani tahlil qilish
1-topshiriq. Mavzu bo’yicha turli adabiyotlardan foydalanib ma’lumotlar to’plang.
2-topshiriq. Mashtabiga ko’ra geoekalgik kartalarni aniqlash va ularni qaysi sohalarda qo’llash samaradorligini ko’rib chiqing.
3-topshiriq. Geoekologik kartalashtirish usullarini o’rganing
Geologik kartalar masshtabiga qarab 5 turga bo’linadi:
-umummiy
-mayda masshtabli
-o’rta masshtabli
- yirik masshtabli
- tafsiliy (aniq masshtabli) bo’linadi.
1. Umumiy (obzorli) xaritalar. Ularning masshtabi 1:1000000 va undan kichik bo’lib, bunday xaritalarda regionlar, davlatlar, kontinentlar va er sharining umumiy geologik tuzilishi aks etgan bo’ladi.
2. Mayda masshtabli kartalar. Ularning masshtabi 1:500.000, 1:1.000.000 va undan ham mayda bo’ladi. Bu masshtabdagi kartalarda asosan katta maydonni o’z ichiga olgan regionlarning (davlatlar, materiklar, er shari) geologik tuzilishi va foydali qazilmalarning tarqalish qonuniyatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
3. O’rta masshtabli kartalar. Masshtabi 1:100.000, 1:200.000. Bu kartalarda ikkinchi darajali aholi punktlari, yo’llar va h.k. tushirilmaydi. Bu kartalar yordamida asosan maydonlarni geologik tuzilishi o’rganiladi va foydali qazilma boyliklarini zahiralari baholanadi.
4. Yirik masshtabli kartalar. Masshtabi 1:50.000, 1:25.000. Bunday aniq topografiya asosida tuzilgan bo’lib, ularda rayonning nisbatan aniq geologik tuzilishi, Yangi konlarni ochishdagi imkoniyatlar ko’rsatilgan bo’ladi. Bundan tashqari bu masshtablardagi kartalar qishloq xo’jaligida, shaharlar, imoratlar, gidrostansiyalar qurilishida ishlatiladi.
5. Tafsiliy (aniq masshtabli) kartalar. Masshtabi 1:25000 va undan yirik Bular maxsus topografiya aossida tuziladi va rayonning aniq geologik tuzilishini, foydali qazilma konlari maydoni, zahiralarini hisoblashda va h.k. da ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |