Topografik xaritalarda kartogarfik generalizatsiya jarayonini o’rganish. Topshiriqning maqsadi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1381742
  1   2
Bog'liq
Topografik xaritalarda generalizatsiya jarayonini



Topografik xaritalarda kartogarfik generalizatsiya jarayonini o’rganish.
Topshiriqning maqsadi: Topografik xaritani aloxida olingan elementlarini 
tasvirlashda kartografik generalizatsiya jarayonlari bilan tanishish.
Topshiriqni bajarish tartibi:Ikkita xar xil mashtabli topografik xaritalarni 
shartli belgilari va ularni tuzish bo’yicha ishlab chiqilgan taxririy ko’rsatmalarni 
o’rganib chiqish; topografik xaritalarda aloxida elementlarni tasvirlash bo’yicha 
xodisalarni tanlash tamoyillarini o’rganish; tanlashninig sifat va miqdor 
ko’rsatgichlarini aniqlash. 
Topshiriqni bajarishda masshtabi 3-4 martaga farq qiladigan xaritalar tanlab 
olinadi. 
Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatma: 
-qirg’oq chiziqlari: qirg’oq oldi zonalarning tasvirlash tamoyillari; turli 
mashtabli xaritalarda tasvirlanadigan tabiiy obyektlarning o’lchamlari (mm 
xisobida); qirg’oq chiziqlarini umumlashtirish yo’llari (bazi qisimlarni tashlab 
yuborish, egri-bugri chiziqlarni umumlashtirish, yiriklashtirish va x.k); 
 -gidrografik tarmoqlar:daryo tarmoqlari tarkibiy tuzulmasi, ko’l-daryo 
tarmoqlari, xududining qo’llar bailan taminlanganligi; o’lchamlari bo’yicha daryo 
va ko’llarni tanlash (cm, mm xisobida); generelizatsiya jarayonida geografik 
tamoyillalriga amal qilishni: suv oqimlarining tasvirlanishi, gidrografik va orografik 
egri-bugrilikning o’ziga xosligi, daryolar quyilish jarayonlarinig tavsifi va x,k; lokal 
obektlarning xususyatlarini va miqdorli ko’rsatgichlarini aloxida qisimlari bo’yicha 
ifodalash;
-relef: asosiy gorizantallar kesim balandligini o’zgarishi, qo’shimcha va 
yordamchi gorizantallardan foydalanish zaruryati ; relefning aloxida shakllari 
tasvirining detalliligi va ularga tegishli shartli belgilarni joylashtirish usullari; 
relefning asosiy mikro-, mezo-va makro shakllarini tasvirlash


-o’simliklar va tuproq-gurunt qoplami (tabiiy va antropagen komplekslar) 
shartli belgilari bilan birgalikda xududning lanshaft xususyatlarini alohida qisimlari 
bo’yicha ifodalash;
-xar xil mashtabli xaritalarda axoli punktlarining tasnif ko’rsatgichlarini 
batafsil tasvirlash; axoli punktlarining tashqi konturlari va ularning tashqi tuzilishi 
strukturasi aloxida qismlari bo’yicha detallashgan tarzda ko’rsatish; aloxida uylar va 
ko’chalarni tasvirlash orqali planlashtirish zonalariga o’tish; axoli punktlarini 
tasvirlashda punsonlar va konturning umumlaashtirilgan belgilarni kiritish; xar xil 
mashtabli xaritalarda axoli punktlarini tashlab yuborish, tasvirlash meyorlari 
bo’yicha misollar keltirish); axoli punktlarining yoki antropagen obyektlarga 
nisbatan bog’liq xolda joylashishini tasvirlash. 
-yo’l tarmoqlari : xar xil mashtabli xaritalarda yo’l tarmoqlarda yo’l 
tarmoqlari va ularning qisimlarini tasvirlash aniqligi; joyning antropogen 
o’zlashtirilishi va tabiati bilan bog’liq xolatda yo’llarni tanlash axoli punktlariga 
yetib borishing qulaylik darajasi, yollar bilan joyning axolida sirtlari o’rtasidagi 
bog’liqliklarini ifodalash;
-ijtimoiy iqtisodiy axamyatga ega bo’lgan obyektlarni maqsadga muvofiq 
tanlash; xar xil masshtabli xaritalarda ushbu obektlarga tegishli shartli belgilarni 
joylashtirishning o’ziga xosligi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling