Induktivlik g‘altagi – sig‘imi va aktiv qarshiligi ancha kichik bo‘lgan holda katta induktivlik hosil qiladigan ko‘p o‘ramali spiralsimon o‘tkazgich.
Induktiv qarshilik – o‘zgaruvchan tok zanjiridagi to‘la qarshilikning bir qismi, ya’ni zanjirdagi induktivlik L va tok chastotasi =2f ga mutanosib bo‘lgan hamda elektr qarshilik o‘lchoviga ega bo‘lgan XL=L kattalik induktiv qarshilik deyiladi.
Magnitoyumshoq material – kuchlanganligi yuzlarcha A/m bo‘lgan nisbatan kuchsiz magnit maydonlarda to‘yinguncha magnitlanadigan va qayta magnitlanadigan material.
Magnitoqattiq material – kuchlanganligi o‘nlarcha kA/m gacha bo‘lgan nisbatan kuchli magnit maydonda to‘yinguncha magnitlanadigan va qayta magnitlanadigan material.
Magnit maydon – elektromagnit maydon namoyon bo‘lishining bir ko‘rinishi bo‘lib, shu bilan farq qiladiki, u harakatdagi elektr bilan zaryadlangan zarra va jismlarga, tokli o‘tkazgichlarga hamda magnit momentiga ega bo‘lgan zarra va jismlargagina kuch bilan ta’sir qiladi.
Magnit zanjiri – magnit oqimini ma’lum tomonga yo‘naltirib beradigan qurilma, ferromagnit jismlar ketma-ketligi. Magnit zanjiri elektr mashinalar, elektr asbob va apparatlarda qo‘llaniladi.
Magnit oqimi – magnit induksiyasi V ning magnit induksiyasi vektoriga perpendikulyar bo‘lgan S yuzaga ko‘paytmasi magnit oqimi deb ataladi va F harfi bilan belgilanadi. Magnit oqimining birligi veber bo‘lib, qisqacha Vb ko‘rinishida yoziladi.
Ventil – tokni faqat bir tomonga o‘tkazish xossasiga ega bo‘lgan asboblar elektr ventillari deb ataladi.
To‘g‘rilagich – o‘zgaruvchan toklarni o‘zgarmas toklarga aylantiradigan qurilma.
Tarmoqlanmagan zanjir – zanjir elementlari o‘zaro ketma-ket ulangan kontur.
Magnitlanish, magnitlash - moddalarning magnit maydonda magnit xususiyatiga ega bo‘lishi magnitlash deyiladi, magnitlanuvchi moddalar esa magnetiklar deb ataladi.
Ferromagnetizm – ferromagnetiklarga xos bo‘lgan magnit hodisalari va xususiyatlari majmui.
Ferromagnetik – tez va kuchli ravishda magnitlanish xossasiga ega bo‘lgan material ferromagnetik magnit singdiruvchanligi katta bo‘lgan materialdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |