Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni ilgari surdi


Download 1.07 Mb.
bet11/16
Sana13.01.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1091037
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Inshootlari holatini nazorat qilish uchun qo‘shimcha talablarni

Magnit singdiruvchanlik – ayni material absolyut magnit singdiruvchanligining magnit doimiysiga qaraganda necha marta katta ekanligini ko‘rsatuvchi kattalik magnit singdiruvchanlik deyiladi va harfi bilan belgilanadi.
Magnit isrofi – po‘lat o‘zakni qayta magnitlash jarayonida gisterezis va uyurma toklar hosil bo‘lishidagi isrof magnit isrofi hisoblanadi.
Elektr toki bilan magnitlash – magnetiklardagi barcha elementar magnetiklar tashqi maydon ta’sirida tartibga keltirilsa, katta kuchli magnit maydon hosil bo‘ladi. Bunga erishish uchun ferromagnit o‘zakka izolyasiyalangan sim o‘rab, hosil bo‘lgan ko‘p o‘ramli g‘altakdan tok o‘tkazish kifoya.
Kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti – kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanish orttirmasining kirishidagi kuchlanish orttirmasiga nisbati kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti deb ataladi.
O‘tkinchi jarayon – elektr zanjirlarining bitta turg‘unlashgan holatdan boshqa turg‘unlashgan holatga o‘tishini ifodalovchi tushunchadir.
Approksimatsiya (yaqinlashtirish) - egri chiziqlarni siniq chiziqlar orqali istalgan darajadagi aniqlik bilan approksimatsiyalash mumkin.
Oqim ilashuvi – cho‘lg‘amlar sonining ularni kesib o‘tuvchi oqimiga ko‘paytmasi oqim ilashuvi deyiladi va  harfi bilan belgilanadi.
Vaqt doimiysi – elektr zanjiriga ta’sir ko‘rsatyogan kuch, zanjirning tarkibi va tuzilishi, zanjirdagi rezistor, kondensator yoki induktiv qarshilik qiymati to‘satdan o‘zgarganda zanjirdan oqayotgan tokning yangi muvozanat holatiga qaytish tezligini ko‘rsatuvchi miqdor.
Volt-amper xarakteristikasi – elektr zanjiridagi elementlardan o‘tayotgan tokning ulardagi kuchlanishga bog‘liqligini ifodalovchi grafik volt-amper xarakteristikasi deyiladi.
Potensial diagrammasi – elektr zanjiri nuqtalari potensialining shu nuqtalar orasidagi qarshiliklarga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi grafik.
Reaktor – qisqa tutashuv tokini cheklash va tarmoqda qisqa tutashuv sodir bo‘lganda taqsimlash qurilmasi shinalarida etarli kuchlanish tutib turish uchun qo‘llaniladigan yuqori voltli elektr apparat.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling